Toshkentda Javlon Umarbekovning “Absurdlar” ko‘rgazmasi ochildi
Toshkentda Javlon Umarbekovning “Absurdlar” ko‘rgazmasi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda xalq rassomi Javlon Umarbekovning “Absurdlar” ko‘rgazmasi ochildi. Rassom qadimiy miflar va mashhur obrazlar orqali sun’iy intellekt inson hayoti, tafakkuri va ijodiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini tasvirlaydi.
Toshkentdagi “Akademiya” galereyasida O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Javlon Umarbekovning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Rassom “Absurdlar” turkumida qadimiy miflarga, Tavrot va Injil sujetlariga hamda jahon adabiyoti qahramonlariga murojaat qilgan.Umarbekov asarlarida Don Kixot yangi devlarga duch keladi, Alovuddin esa boshqa bir jinni ozod qiladi. Rassomni insonning o‘zi yaratgan aql bilan yuzma-yuz kelgan lahzasi qiziqtiradi.Mashina allaqachon savollarga javob beradi, musiqa va tasvirlar yaratadi. Xo‘sh, qaror qabul qilishda mashinaga tayana boshlagan insonning o‘zi qanday o‘zgaradi?
Narsiss o‘zining yangi aksini ko‘radi, Mutafakkir esa mashina bilan yuzma-yuz keladi. Rassom shu tanish obrazlar orqali sun’iy intellekt insonni qanday o‘zgartirayotgani haqida mulohaza yuritadi.
Toshkentdagi “Akademiya” galereyasida O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Javlon Umarbekovning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Rassom “Absurdlar” turkumida qadimiy miflarga, Tavrot va Injil sujetlariga hamda jahon adabiyoti qahramonlariga murojaat qilgan.
Umarbekov asarlarida Don Kixot yangi devlarga duch keladi, Alovuddin esa boshqa bir jinni ozod qiladi. Rassomni insonning o‘zi yaratgan aql bilan yuzma-yuz kelgan lahzasi qiziqtiradi.
Mashina allaqachon savollarga javob beradi, musiqa va tasvirlar yaratadi. Xo‘sh, qaror qabul qilishda mashinaga tayana boshlagan insonning o‘zi qanday o‘zgaradi?
“Men javob izlamayapman. Savolning o‘zi qanday o‘zgarayotganini kuzatapman”, — deydi Javlon Umarbekov.