Qo‘shtepa kanali, Rog‘un GES va suv taqchilligi: vazirning asosiy bayonotlari

© Nijne-Amudarinskiy gosudarstvenniy biosferniy rezervatNijne-Amudarinskiy gosudarstvenniy biosferniy rezervat (Zapovednik Baday –Tugay)
Nijne-Amudarinskiy gosudarstvenniy biosferniy rezervat (Zapovednik Baday –Tugay) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan Qo‘shtepa kanali, Tojikiston bilan esa Rog‘un GES va suv taqsimotini muhokama qilmoqda. 2030-yilga borib suv taqchilligi 15 mlrd kub metrga yetishi mumkin.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistonda qurilayotgan Qo‘shtepa kanali va Tojikistondagi Rog‘un GES bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda. Bu haqda “Suv — hayot manbai: yangi texnologiyalar orqali resurslarni samarali boshqarish” mavzusidagi matbuot anjumanida suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Vazirning aytishicha, O‘zbekiston Afg‘oniston delegatsiyasi bilan suv masalalari bo‘yicha muntazam muzokaralar olib bormoqda.
Qo‘shtepa kanali hozircha qurilish bosqichida. Undan qancha suv olinishi masalasi esa qurilish yakunlanganidan keyin tomonlar o‘rtasidagi kelishuvlar asosida hal qilinadi.

Shavkat Hamrayevning ma’lum qilishicha, Tojikistondagi Rog‘un GES qurilishi kamida yana 4–5 yil davom etadi. Suv omborini to‘ldirish jarayoni esa taxminan 2035-yilgacha cho‘ziladi.

Hozircha 13,3 mlrd kub metr sig‘imga ega suv omborida 1–1,5 mlrd kub metr suv to‘plashga ruxsat berilgan. Suv bosqichma-bosqich yig‘ilmoqda.
Vazir O‘zbekiston Amudaryo bo‘yicha belgilangan suv limitlarini olayotgani, Tojikiston mamlakatning suv ulushini kamaytirmaganini ta’kidladi.
Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi muzokaralarda Norak suv omborini boshqarish va quyi oqimga suvni oylar bo‘yicha taqsimlash masalalari muhokama qilinmoqda.
Suv taqchilligi va tejash choralari
Vazirning ma’lum qilishicha, 2030-yilga borib O‘zbekistonda suv taqchilligi 15 mlrd kub metrga yetishi mumkin.
Mustaqillikdan oldin mamlakat yiliga o‘rtacha 64 mlrd kub metr suv olgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 51–52 mlrd kub metrga tushgan. Shu davrda aholi soni ikki barobarga oshgan, sanoat va qishloq xo‘jaligi rivojlangan.
Suv taqchilligining oldini olish uchun quyidagi choralar ko‘rilmoqda:
Kanallarni betonlashtirish orqali suv yo‘qotilishini kamaytirish. Ayrim sug‘orish tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligi 50–60 foizdan 90–95 foizga yetgan.
Suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish.
Nasos stansiyalari samaradorligini oshirish.
Suv resurslarini hisobga olish va taqsimlash jarayonlarini raqamlashtirish.
Ushbu choralar orqali kelgusida yiliga 15 mlrd kub metr suv tejash maqsad qilingan. 2026-yilning yanvar–oktabr oylarida esa qariyb 10,7 mlrd kub metr suv tejalgan. Yil yakunigacha bu ko‘rsatkichni 11 mlrd kub metrga yetkazish rejalashtirilgan.
Kanallarni betonlashtirish va yangi texnologiyalar:
2026 yilda davlat budjeti hisobidan 1 ming km kanal betonlashtirildi. Beton qoplamali magistral va xo‘jaliklararo kanallarning umumiy uzunligi 12,7 ming kilometrga yetdi.
Betonlashtirilgan uchastkalarda suv yo‘qotilishini 35 foizgacha kamaytirish, ekin maydonlariga suv yetkazish vaqtini 2–3 barobar qisqartirish imkoni yaratildi.
Suv tejovchi texnologiyalar qo‘llanilayotgan maydonlar 2017-yildagi 28 ming gektardan bugungi kunlarda 2,8 mln gektarga yetdi. Bu sug‘oriladigan yerlarning 65 foizini tashkil etadi.
13,3 mingta suv xo‘jaligi obyektiga “Aqlli suv” qurilmalari o‘rnatildi, 106 ta yirik suv xo‘jaligi obyekti avtomatlashtirildi.
Vodniy kanal, protekayushiy radom s mnogoetajnimi domami v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2026
O‘zbekiston daryo va kanallarida mikro GESlar uchun yangi joylar aniqlanadi
Yangiliklar lentasi
0