Yadroviy qurol va erkin savdo: Putin, Si va Trampning uchrashuv oldidan bayonotlari

© Sputnik / Sergei BobylevPrezident Rossii Vladimir Putin, predsedatel KNR Si Szinpin i prezident SShA Donald Tramp
Prezident Rossii Vladimir Putin, predsedatel KNR Si Szinpin i prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2026
Obuna bo‘lish
Tramp yadroviy qurollar bo‘yicha o‘zaro tekshiruvlarni istisno etmadi, Putin kelishmovchiliklarni muloqot orqali hal qilishga, Si Szinpin esa savdo to‘siqlarini bartaraf etishga chaqirdi.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Rossiya, Xitoy va AQSh rahbarlari Shenchjenda o‘tadigan tarixiy uch tomonlama uchrashuv arafasida qator bayonotlar berdi. RIA Novosti va boshqa manbalar xabarlariga ko‘ra, ular yadroviy qurol, xalqaro xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik masalalariga to‘xtaldi.
Tramp: yadroviy qurol va tekshiruvlar
AQSh prezidenti Donald Tramp "Fox News" telekanaliga intervyusida Rossiya, Xitoy va AQSh yadroviy arsenallarni qisqartirishga kelishsa, uch mamlakatda o‘zaro tekshiruvlar o‘tkazilishi mumkinligini istisno etmadi.
Uning fikricha, bunday kelishuvga erishish oson bo‘lmaydi. Shu bilan birga, Tramp AQSh yadroviy qurolni qo‘llashni istamasligini ta’kidladi.
Amerikalik yetakchi Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni ham tilga oldi. Uning fikricha, Moskva va Pekin o‘zaro hamkorlik qilayotgani uch tomonlama muloqotni Vashington uchun ham muhim qiladi.
Shuningdek, Tramp Vladimir Putin Si Szinpin bilan munosabatlari juda yaxshi ekanini ta’kidladi.
Putin: kelishmovchiliklarni muloqot orqali hal qilish muhim
Rossiya prezidenti Vladimir Putin OTIH ishbilarmonlar sammitida Tramp va Si Szinpin bilan bo‘lajak uchrashuvdan katta foyda kutayotganini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, hozirgi sharoitda mamlakatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ultimatumlar emas, balki muloqot va manfaatlar muvozanati orqali hal qilish muhim.
Putin Osiyo-Tinch okeani mintaqasining Rossiya tashqi savdosidagi ulushi yarmidan oshganini ma’lum qildi.
Shuningdek, Rossiya rahbari Xitoy bilan vizasiz rejim joriy etilishi natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro sayyohlik oqimi 43 foizga oshganini aytdi.
Si Szinpin: savdo to‘siqlarini kamaytirish zarur
Xitoy rahbari Si Szinpin OTIH sammitida erkin savdo va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
U Osiyo-Tinch okeani mintaqasida erkin savdo hududini bosqichma-bosqich shakllantirish, savdo va investitsiya to‘siqlarini bartaraf etish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, Si Szinpin Xitoy xorijiy kompaniyalar uchun o‘z bozoriga kirish imkoniyatlarini kengaytirishi va sifatli mahsulotlar importini oshirishini bildirdi.
Bundan tashqari, Xitoy raisi ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda ochiq, adolatli va kamsitishlarsiz hamkorlik muhitini yaratishga chaqirdi.
Rossiya, AQSh va Xitoy rahbarlarining ilk uch tomonlama uchrashuvi 19-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Vladimir Putin i Si Szinpin vo vremya vstrechi na polyax sammita ATES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2026
Rossiya va Xitoy munosabatlari har qanday bo‘ronda ham tog‘dek mustahkam — Si Szinpin
Yangiliklar lentasi
0