Vashingtonning tarixiy bog‘ida Mirziyoyev sovg‘a qilgan o‘zbek ayvonlari o‘rnatildi
Vashingtonning tarixiy bog‘ida Mirziyoyev sovg‘a qilgan o‘zbek ayvonlari o‘rnatildi
Sputnik O‘zbekiston
Vashingtondagi West Potomac Park hududida Mirziyoyev Tramp va Amerika xalqiga sovg‘a qilgan ikkita o‘zbek ayvoni o‘rnatildi. AQSh Milliy parklar xizmati ularning bezaklari va qanday yog‘ochdan yasalgani haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Vashingtondagi West Potomac Park hududida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp va Amerika xalqiga sovg‘a qilgan ikkita an’anaviy o‘zbek ayvoni o‘rnatildi. Ular haqida AQSh Milliy parklar xizmati saytida ma’lumot berilgan.Ayvonlar AQSh mustaqilligining 250-yilligi va O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan. Tramp ularni Amerika xalqi nomidan qabul qilgan.Milliy parklar xizmatiga ko‘ra, o‘zbekistonlik ustalar har bir ayvonni 200-yillik tog‘ yong‘og‘i daraxtlari yog‘ochidan yasagan. Ustunlar o‘ymakorlik, tom qismlari esa murakkab naqshlar bilan bezatilgan. Yog‘och bezaklarni yorituvchi energiya tejamkor LED chiroqlar ayvonlarga kechqurun o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi.O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov ham ijtimoiy tarmoqda ayvonlar o‘rnatilganini ma’lum qildi. Uning bildirishicha, ular sayyohlar uchun o‘zbek madaniyati va san’ati bilan tanishish, AQShdagi o‘zbek diasporasi uchun esa milliy an’analarni saqlash va madaniy tadbirlar o‘tkazish maskani bo‘lib xizmat qiladi.
Ikki ayvon AQSh mustaqilligining 250-yilligiga bag‘ishlangan. Ular 200-yillik tog‘ yong‘og‘i daraxtlari yog‘ochidan yasalib, o‘ymakorlik bilan bezatilgan.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Vashingtondagi West Potomac Park hududida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp va Amerika xalqiga sovg‘a qilgan ikkita an’anaviy o‘zbek ayvoni o‘rnatildi. Ular haqida AQSh Milliy parklar xizmati saytida ma’lumot berilgan.
Ayvonlar AQSh mustaqilligining 250-yilligi va O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan. Tramp ularni Amerika xalqi nomidan qabul qilgan.
Milliy parklar xizmatiga ko‘ra, o‘zbekistonlik ustalar har bir ayvonni 200-yillik tog‘ yong‘og‘i daraxtlari yog‘ochidan yasagan. Ustunlar o‘ymakorlik, tom qismlari esa murakkab naqshlar bilan bezatilgan. Yog‘och bezaklarni yorituvchi energiya tejamkor LED chiroqlar ayvonlarga kechqurun o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi.
V Vashingtone ustanovili dve uzbekskie ayvani, podarennie Mirziyoyevim
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov ham ijtimoiy tarmoqda ayvonlar o‘rnatilganini ma’lum qildi. Uning bildirishicha, ular sayyohlar uchun o‘zbek madaniyati va san’ati bilan tanishish, AQShdagi o‘zbek diasporasi uchun esa milliy an’analarni saqlash va madaniy tadbirlar o‘tkazish maskani bo‘lib xizmat qiladi.
West Potomac Park — Vashingtondagi tarixiy bog‘ bo‘lib, uning hududida Avraam Linkoln, Tomas Jefferson va Martin Lyuter King yodgorliklari joylashgan. Bog‘ Taydl-Beysin suv havzasi atrofidagi sakura daraxtlari bilan ham mashhur. Bu yerda AQSh tarixiga bag‘ishlangan muhim memoriallar va sayr maskanlari jamlangan.