https://oz.sputniknews.uz/20261117/ukraine-galati-tarix-62083388.html
Mustamlaka va zulm davri? Ukraina darsliklarida Rossiya imperiyasi — "G‘alati tarix" №3
Mustamlaka va zulm davri? Ukraina darsliklarida Rossiya imperiyasi — "G‘alati tarix" №3
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina Rossiya imperiyasining mustamlakasi bo‘lganmi? "G‘alati tarix"ning uchinchi qismida Kirill Orlov darsliklardagi talqinni Donbass sanoati, imperiya boshqaruvidagi malorossiyalik arboblar va ukrain tilidagi nashrlar misolida tahlil qiladi.
2026-11-17T18:11+0500
2026-11-17T18:11+0500
2026-11-17T18:11+0500
tarix
ukraina
kiyev
video
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/11/62082452_0:0:711:400_1920x0_80_0_0_4e4fc5eb70a879c95e41636d4ef3b37c.jpg
Ukraina tarix darsliklaridan birida bugungi Ukraina hududidagi yerlar Rossiya imperiyasining markaziy viloyatlarini asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xomashyo bilan ta’minlab turgani aytiladi. Shu davrda Qora dengiz bo‘yida portlar qurilgan, Donbassda ko‘mir, Krivoy Rogda esa temir rudasi qazib olish va metallurgiya rivojlangan. "G‘alati tarix" hujjatli loyihasining uchinchi qismida Kirill Orlov bu o‘zgarishlar darslikdagi mustamlaka haqidagi tasavvurga qanchalik mos kelishini o‘rganadi.Muallif o‘sha davrda Malorossiya deb atalgan o‘lkadan chiqqan arboblar imperiya boshqaruvida qanday o‘rin tutganiga ham e’tibor qaratadi. Til va adabiyot tarixi ham bu bahsning bir qismi. 1840-yilda Sankt-Peterburgda Taras Shevchenkoning "Kobzar" to‘plami chop etilgan. Oradan 23-yil o‘tib, Valuyev sirkulyari ukrain tilida diniy va o‘quv adabiyotlarini nashr etishni cheklagan. 1876-yilda esa Ems farmoni bilan yangi cheklovlar kiritilgan.Orlov darsliklardagi "milliy qayta tiklanish" iborasi ustida ham to‘xtaladi. Agar darslik mualliflari ta’riflaganidek, ukrain milliy o‘zligi o‘sha davrda endi shakllanayotgan bo‘lsa, "qayta tiklanish" deganda aynan nima nazarda tutilgan? Bu savol va ukrain milliy harakatining siyosiy kuchga aylanishi haqida — to‘liq Sputnik videosida.
https://oz.sputniknews.uz/20261003/ukraina-darsliklari-kazaklarga-qanday-tuhmat-qildi-60937780.html
ukraina
kiyev
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/11/62082452_89:0:622:400_1920x0_80_0_0_0cfd11a20d63fa3ee7e307b214cde3c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tarix, ukraina, kiyev, video
tarix, ukraina, kiyev, video
Mustamlaka va zulm davri? Ukraina darsliklarida Rossiya imperiyasi — "G‘alati tarix" №3
Eksklyuziv
Ukraina maktab darsliklarida XVIII–XIX asrlar qanday tasvirlangan? Kirill Orlov kazaklar tarixi misolida bu talqinni tahlil qiladi.
Ukraina tarix darsliklaridan birida bugungi Ukraina hududidagi yerlar Rossiya imperiyasining markaziy viloyatlarini asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xomashyo bilan ta’minlab turgani aytiladi. Shu davrda Qora dengiz bo‘yida portlar qurilgan, Donbassda ko‘mir, Krivoy Rogda esa temir rudasi qazib olish va metallurgiya rivojlangan.
"G‘alati tarix" hujjatli loyihasining uchinchi qismida Kirill Orlov bu o‘zgarishlar darslikdagi mustamlaka haqidagi tasavvurga qanchalik mos kelishini o‘rganadi.
Muallif o‘sha davrda Malorossiya deb atalgan o‘lkadan chiqqan arboblar imperiya boshqaruvida qanday o‘rin tutganiga ham e’tibor qaratadi.
Masalan, Aleksandr Bezborodko Rossiya imperiyasining kansleri, Potr Zavadovskiy esa uning birinchi xalq maorifi vaziri bo‘lgan. Tarixchilar Yegor Yakovlev va Kirill Nazarenko bu misollarni Britaniya va Fransiyaning o‘z mustamlakalarini boshqarish tajribasi bilan qiyoslaydi.
Til va adabiyot tarixi ham bu bahsning bir qismi. 1840-yilda Sankt-Peterburgda Taras Shevchenkoning "Kobzar" to‘plami chop etilgan. Oradan 23-yil o‘tib, Valuyev sirkulyari ukrain tilida diniy va o‘quv adabiyotlarini nashr etishni cheklagan. 1876-yilda esa Ems farmoni bilan yangi cheklovlar kiritilgan.
Orlov darsliklardagi "milliy qayta tiklanish" iborasi ustida ham to‘xtaladi. Agar darslik mualliflari ta’riflaganidek, ukrain milliy o‘zligi o‘sha davrda endi shakllanayotgan bo‘lsa, "qayta tiklanish" deganda aynan nima nazarda tutilgan?
Bu savol va ukrain milliy harakatining siyosiy kuchga aylanishi haqida — to‘liq
Sputnik videosida.