Me’morchilik va ilmda aks etgan meros: Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi — foto
Me’morchilik va ilmda aks etgan meros: Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi — foto
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasida maqbara, 10 ming kishilik masjid va 9 pavilonli muzey joylashgan. Majmua me’morchiligi, bezaklarda qo‘llangan oq marmar va buyuk muhaddisning ilmiy merosi haqida Sputnik materialida o‘qing.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik, Bahrom Hatamov. Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga kelganlar allomaning maqbarasini ziyorat qilib, uning ilmiy merosi bilan ham tanishishlari mumkin. Imom Buxoriy umrini hadislarni to‘plash va ularning ishonchliligini tekshirishga bag‘ishlagan.Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini saqlash departamenti matbuot kotibi Asliddin Mustafoyev Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda "Sahihul Buxoriy" nega yuksak qadrlanishini allomaning hadislarni saralashdagi talabchanligi bilan izohladi.Imon va ilm o‘rtasidagi bu bog‘liqlik majmua qiyofasida ham aks etgan. Umumiy maydoni 63,2 gektar bo‘lgan majmuada maqbara, 10 ming kishilik masjid, muzey va keng ayvonlar joylashgan. Peshtoqlar va ayvon devorlariga Qur’oni karim oyatlari hamda "Sahihul Buxoriy"dan hadislar bitilgan.Har biri 75 metr balandlikdagi to‘rtta minora, gumbazlar, tosh o‘ymakorligi va handasiy naqshlar majmuaning me’moriy qiyofasini belgilaydi. Bezak ishlarida Gretsiyaning Tasos orolidan keltirilgan oq marmardan, shuningdek, Turkiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan olib kelingan toshlardan foydalanilgan. Qurilishda o‘zbekistonlik ustalar bilan birga xorijlik mutaxassislar ham ishtirok etgan.Masjidning 38×38 metrli markaziy qismi ustunsiz qurilgan. Shu yechim tufayli jamoat namozi uchun keng va yaxlit joy hosil bo‘lgan.Majmuadagi muzey Turkiyaning "Outdoor Factory" kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.Ekspozitsiyalarda boshqa buyuk muhaddislar haqida ham ma’lumot berilgan. Tashrif buyuruvchilar hadislar qanday to‘plangani va yozib olingani, muhaddislar ularning ishonchliligini qanday tekshirgani bilan tanishishlari mumkin.
Oq marmarli fasadlar, 75 metrlik minoralar va to‘qqiz pavilonli muzey: yangilangan majmua buyuk alloma merosini qanday ochib beradi?
TOShKENT, 17 noya — Sputnik, Bahrom Hatamov. Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga kelganlar allomaning maqbarasini ziyorat qilib, uning ilmiy merosi bilan ham tanishishlari mumkin. Imom Buxoriy umrini hadislarni to‘plash va ularning ishonchliligini tekshirishga bag‘ishlagan.
Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini saqlash departamenti matbuot kotibi Asliddin Mustafoyev Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda "Sahihul Buxoriy" nega yuksak qadrlanishini allomaning hadislarni saralashdagi talabchanligi bilan izohladi.
"U zot hadis roviylarining hayoti, axloqiy pokligi, xotirasi va ishonchliligini o‘ta qat’iy hamda puxta ilmiy mezonlar asosida sinchkovlik bilan o‘rgangan", — deydi Asliddin Mustafoyev.
Imon va ilm o‘rtasidagi bu bog‘liqlik majmua qiyofasida ham aks etgan. Umumiy maydoni 63,2 gektar bo‘lgan majmuada maqbara, 10 ming kishilik masjid, muzey va keng ayvonlar joylashgan. Peshtoqlar va ayvon devorlariga Qur’oni karim oyatlari hamda "Sahihul Buxoriy"dan hadislar bitilgan.
Har biri 75 metr balandlikdagi to‘rtta minora, gumbazlar, tosh o‘ymakorligi va handasiy naqshlar majmuaning me’moriy qiyofasini belgilaydi. Bezak ishlarida Gretsiyaning Tasos orolidan keltirilgan oq marmardan, shuningdek, Turkiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan olib kelingan toshlardan foydalanilgan. Qurilishda o‘zbekistonlik ustalar bilan birga xorijlik mutaxassislar ham ishtirok etgan.
Masjidning 38×38 metrli markaziy qismi ustunsiz qurilgan. Shu yechim tufayli jamoat namozi uchun keng va yaxlit joy hosil bo‘lgan.
Majmuadagi muzey Turkiyaning "Outdoor Factory" kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
"9 ta pavilondan iborat innovatsion muzey Imom Buxoriyning hayoti va boy ilmiy merosi, islom ma’rifati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini namoyon etadi", — deydi Asliddin Mustafoyev.
Ekspozitsiyalarda boshqa buyuk muhaddislar haqida ham ma’lumot berilgan. Tashrif buyuruvchilar hadislar qanday to‘plangani va yozib olingani, muhaddislar ularning ishonchliligini qanday tekshirgani bilan tanishishlari mumkin.