Qashqadaryo va Surxondaryo qariyb ming gektardan yer almashishi mumkin — deputatlar ma’qulladi

© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa
Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2026
Obuna bo‘lish
Loyihaga ko‘ra, Qashqadaryodagi 999 gektar yer Surxondaryoga, Surxondaryodagi 983 gektar yer esa Qashqadaryoga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari o‘rtasidagi 209,15 kilometrlik chegarani tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasini ma’qulladi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zAning 16-noyabr kuni Qonunchilik palatasidagi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishi haqidagi xabariga ko‘ra, loyiha muhokamasida amaldagi chegara 58 ta yer uchastkasini kesib o‘tgani qayd etilgan.
Natijada bir yaylov yoki lalmi maydonning bir qismi Qashqadaryo, qolgan qismi esa Surxondaryo hududiga to‘g‘ri keladi. Maydonlarni yaxlit saqlash uchun Qashqadaryodan Surxondaryoga 999 gektar, Surxondaryodan Qashqadaryoga esa 983 gektar yer o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Yangi chegara chizig‘i tog‘ tizmalari va qoyalar bo‘ylab belgilangan. Uni aniqlashda aerosuratlar va davlat koordinatalari tizimiga bog‘langan topografik xaritalardan foydalanilgan.
Chegaraning aniq belgilanishi har bir yer uchastkasi qaysi viloyatga qarashli ekanini kadastrda to‘g‘ri ko‘rsatishga yordam beradi. Bu aholi va tadbirkorlarga yer va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda yuzaga keladigan noqulayliklarni kamaytirishi kutilmoqda.
Zapreshayetsya privatizatsiya botanicheskix sadov i ix zemel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2026
Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida ayrim tuman hamda shahar chegaralari o‘zgarishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0