https://oz.sputniknews.uz/20261117/france-ukraine-mojaro-62082091.html
Fransiya o‘z harbiylarini Ukrainaga yuborib, amalda mojaroga tortildi — Rossiya elchixonasi
Fransiya o‘z harbiylarini Ukrainaga yuborib, amalda mojaroga tortildi — Rossiya elchixonasi
Sputnik O‘zbekiston
RFI surishtiruviga ko‘ra, fransuz generali boshqarayotgan Volya missiyasi Ukrainada askarlarni tayyorlash va texnikaga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanmoqda. Rossiya elchixonasi ikki yadroviy davlat o‘rtasida to‘qnashuv xavfi haqida ogohlantirdi
2026-11-17T17:31+0500
2026-11-17T17:31+0500
2026-11-17T17:35+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
fransiya
harbiy texnika
polsha
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/11/62081918_0:40:761:468_1920x0_80_0_0_268a75d01504e2b791c7030af57809d0.jpg
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Fransiya Ukrainaga o‘z harbiylarini yuborib, amalda Kiyev tomonida qurolli mojaroga tortildi. Rossiyaning Parijdagi elchixonasi RIA Novostiga Fransiyaning RFI xalqaro radiosi e’lon qilgan surishtiruvni shunday izohladi. Elchixona Moskva Ukrainadagi xorijiy harbiy kontingentlarni Rossiya Qurolli kuchlari uchun qonuniy nishon deb hisoblashini eslatdi. Diplomatlar Fransiyaning Ukrainaga o‘z harbiylarini yuborishi ikki yadroviy davlat o‘rtasida bevosita to‘qnashuvga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.Ukrainadagi "Volya" va Polshadagi "Jerfo"RFI suhbatlashgan bir nechta manbaga ko‘ra, Fransiyaning "Volya" nomli maxfiy harbiy missiyasi Ukrainada kamida 2026-yil yozidan beri faoliyat yuritmoqda. Unga fransuz generali rahbarlik qiladi.Surishtiruvda Polshadagi "Jerfo" (Gerfaut) o‘quv missiyasiga alohida e’tibor qaratilgan. Fransiya 2023-yil fevralidan beri bu yerda Ukraina armiyasi uchun kichik komandirlar tayyorlaydi. Fransuz instruktorlari keyinchalik jangovar guruhlarga boshchilik qiladigan serjantlarni o‘qitadi. RFI ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yildan buyon Polsha va Fransiyada jami 25 ming ukrainalik harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan. Radio manbalarining aytishicha, Polshadagi rasmiy missiya fransuz harbiylarining Ukrainada ham ishlayotganini sir saqlash uchun niqob vazifasini o‘tagan. Ukrainadagi missiya zimmasiga nega texnikaga xizmat ko‘rsatish ham yuklangan? Fransiya Kiyevga "Caesar" artilleriya qurilmalari, "Mirage 2000" qiruvchi samolyotlari va yuqori aniqlikdagi raketalar yetkazib bergan. RFI ma’lumotiga ko‘ra, mojaro davom etayotgani sababli Fransiya armiyasi Ukrainaga o‘zining muntazam qismlarida xizmat qilayotgan harbiy mutaxassislarni yuborishga qaror qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20261001/ukraina-garb-60873761.html
polsha
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/11/62081918_42:0:718:507_1920x0_80_0_0_04091a74a3e01a6b430fe7d1341dd11a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, fransiya, harbiy texnika, polsha, ukraina
dunyo yangiliklari, dunyoda, fransiya, harbiy texnika, polsha, ukraina
Fransiya o‘z harbiylarini Ukrainaga yuborib, amalda mojaroga tortildi — Rossiya elchixonasi
17:31 17.11.2026 (yangilandi: 17:35 17.11.2026) RFIga ko‘ra, "Volya" maxfiy missiyasi Ukrainada kamida yozdan beri ishlamoqda. Rossiya elchixonasi ikki yadroviy davlat o‘rtasida to‘qnashuv xavfi borligidan ogohlantirdi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Fransiya Ukrainaga o‘z harbiylarini yuborib, amalda Kiyev tomonida qurolli mojaroga tortildi. Rossiyaning Parijdagi elchixonasi RIA Novostiga Fransiyaning RFI xalqaro radiosi e’lon qilgan surishtiruvni shunday
izohladi.
Elchixona Moskva Ukrainadagi xorijiy harbiy kontingentlarni Rossiya Qurolli kuchlari uchun qonuniy nishon deb hisoblashini eslatdi. Diplomatlar Fransiyaning Ukrainaga o‘z harbiylarini yuborishi ikki yadroviy davlat o‘rtasida bevosita to‘qnashuvga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Ukrainadagi "Volya" va Polshadagi "Jerfo"
RFI suhbatlashgan bir nechta manbaga ko‘ra, Fransiyaning "Volya" nomli maxfiy harbiy missiyasi Ukrainada kamida 2026-yil yozidan beri faoliyat yuritmoqda. Unga fransuz generali rahbarlik qiladi.
Harbiylar kichik guruhlarda qisqa muddatga borib, ukrainalik askarlarni o‘qitadi va harbiy texnikani soz holda saqlashga yordam beradi. RFI ma’lumotiga ko‘ra, missiyaga jangovar harakatlarda qatnashish vazifasi yuklanmagan.
Surishtiruvda Polshadagi "Jerfo" (Gerfaut) o‘quv missiyasiga alohida e’tibor qaratilgan. Fransiya 2023-yil fevralidan beri bu yerda Ukraina armiyasi uchun kichik komandirlar tayyorlaydi. Fransuz instruktorlari keyinchalik jangovar guruhlarga boshchilik qiladigan serjantlarni o‘qitadi.
RFI ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yildan buyon Polsha va Fransiyada jami 25 ming ukrainalik harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan. Radio manbalarining aytishicha, Polshadagi rasmiy missiya fransuz harbiylarining Ukrainada ham ishlayotganini sir saqlash uchun niqob vazifasini o‘tagan.
Ukrainadagi missiya zimmasiga nega texnikaga xizmat ko‘rsatish ham yuklangan? Fransiya Kiyevga "Caesar" artilleriya qurilmalari, "Mirage 2000" qiruvchi samolyotlari va yuqori aniqlikdagi raketalar yetkazib bergan.
Bu texnikani soz holda saqlash uchun malakali mutaxassislar kerak.
RFI ma’lumotiga ko‘ra, mojaro davom etayotgani sababli Fransiya armiyasi Ukrainaga o‘zining muntazam qismlarida xizmat qilayotgan harbiy mutaxassislarni yuborishga qaror qilgan.