https://oz.sputniknews.uz/20261116/zelenskyy-usa-trump-bayden-noshukurlik-62033341.html
Oldin Tramp, endi Bayden ham: AQShning sobiq prezidenti Zelenskiyni noshukur deb atadi
Oldin Tramp, endi Bayden ham: AQShning sobiq prezidenti Zelenskiyni noshukur deb atadi
Sputnik O‘zbekiston
Jo Bayden o‘z memuarlarida Zelenskiyning qaysarligi va yetarlicha minnatdor emasligini yozdi. Ilgari Donald Tramp ham shunday e’tiroz bildirgan. Baydenning avvalgi noroziligi haqida Stoltenberg nimalar degan?
2026-11-16T10:05+0500
2026-11-16T10:05+0500
2026-11-16T10:05+0500
jey vens
dunyo yangiliklari
siyosat
donald tramp
jo bayden
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/0a/43817784_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_6dd26852f5e130c465a6a2d74993cb6a.jpg
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden o‘z memuarlarida Vladimir Zelenskiy bilan muloqotlari oson kechmaganini ma’lum qildi. Bu haqda AQSh nashrlariga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.Bayden Zelenskiydan avval ham norozi bo‘lganAQShning sobiq prezidenti Zelenskiyning xatti-harakatlaridan avval ham norozi bo‘lgan. NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘z memuarlarida 2023-yilda Vilnyusda bo‘lib o‘tgan alyans sammitidagi voqeani eslagan.O‘shanda Zelenskiy Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi bo‘yicha aniq muddat belgilanmaganini ochiq tanqid qilgan. Stoltenbergning eslashicha, Zelenskiyning bu chiqishi Baydenning g‘ashiga tekkan va u Zelenskiyni odobdan tashqari ibora ishlatib, "boshog‘riq" deb atagan.Tramp ham Zelenskiyni minnatdor emaslikda ayblagan2025 yil 28-fevralda Oq uyda Donald Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv keskin bahsga aylangan.AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens ham Zelenskiydan minnatdorlik bildirishni talab qilgan.Zelenskiy esa Amerika xalqiga va AQSh rahbariyatiga ko‘p marta rahmat aytganini ta’kidlagan.Shu bilan birga, Bayden o‘zb memuarlarida Zelenskiyning aktorlik tajribasi urush davrida rahbarlik qilish uchun yaxshi tayyorgarlik bo‘lganini ham ta’kidlagan.Avvalroq Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel ham uni juda yaxshi aktor deb atagan edi. Biroq Mendel Zelenskiyning kamera oldidagi qiyofasi bilan haqiqiy xatti-harakatlari o‘rtasida katta farq borligini ham aytgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250214/ukraina-kelishuv-vens-47961240.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/0a/43817784_125:0:2856:2048_1920x0_80_0_0_e3cccbd2285e38736319b716c1ef38c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jey vens, dunyo yangiliklari, siyosat, donald tramp, jo bayden
jey vens, dunyo yangiliklari, siyosat, donald tramp, jo bayden
Oldin Tramp, endi Bayden ham: AQShning sobiq prezidenti Zelenskiyni noshukur deb atadi
Bayden memuarlarida Zelenskiyni qaysar va yetarlicha minnatdor bo‘lmagan shaxs sifatida tasvirladi. Tramp ham ilgari unga shunday e’tiroz bildirgan.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden o‘z memuarlarida Vladimir Zelenskiy bilan muloqotlari oson kechmaganini ma’lum qildi. Bu haqda AQSh nashrlariga tayanib, RIA Novosti
xabar berdi.
"Shaxsiy suhbatlarimizda u ba’zan kayfiyati o‘zgaruvchan va qaysar bo‘lardi, men kutganimchalik minnatdorlik ham bildirmasdi", — deb yozgan Bayden.
Bayden Zelenskiydan avval ham norozi bo‘lgan
AQShning sobiq prezidenti Zelenskiyning xatti-harakatlaridan avval ham norozi bo‘lgan. NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘z memuarlarida 2023-yilda Vilnyusda bo‘lib o‘tgan alyans sammitidagi voqeani eslagan.
O‘shanda Zelenskiy Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi bo‘yicha aniq muddat belgilanmaganini ochiq tanqid qilgan. Stoltenbergning eslashicha, Zelenskiyning bu chiqishi Baydenning g‘ashiga tekkan va u Zelenskiyni odobdan tashqari ibora ishlatib, "boshog‘riq" deb atagan.
Tramp ham Zelenskiyni minnatdor emaslikda ayblagan
2025 yil 28-fevralda Oq uyda Donald Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv keskin bahsga aylangan.
Tramp Kiyevga ko‘rsatilgan harbiy yordamni eslatib, Zelenskiy yetarlicha minnatdorlik bildirmayotganini aytgan.
AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens ham Zelenskiydan minnatdorlik bildirishni talab qilgan.
Zelenskiy esa Amerika xalqiga va AQSh rahbariyatiga ko‘p marta rahmat aytganini ta’kidlagan.
Shu bilan birga, Bayden o‘zb memuarlarida Zelenskiyning aktorlik tajribasi urush davrida rahbarlik qilish uchun yaxshi tayyorgarlik bo‘lganini ham ta’kidlagan.
Avvalroq Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel ham uni juda yaxshi aktor deb atagan edi. Biroq Mendel Zelenskiyning kamera oldidagi qiyofasi bilan haqiqiy xatti-harakatlari o‘rtasida katta farq borligini ham aytgan.