Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zamonaviy janglar: Shilovka va Kotovka qanday ozod qilingani haqida harbiylar hikoyasi

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishOtrabotka boyevogo slajivaniya podrazdeleniyami VDV v Kurskoy oblasti
Otrabotka boyevogo slajivaniya podrazdeleniyami VDV v Kurskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari Shilovkada to‘siqlardan qanday o‘tgani va Kotovkada 12 ta dron ekipaji hujumga qanday yordam berganini aytdi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiya harbiylari Donesk Xalq Respublikasidagi Shilovka va Xarkov viloyatidagi Kotovka aholi punktlarini ozod qilish tafsilotlarini so‘zlab berishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi videolavhalarni e’lon qildi.
Shilovka: mustahkamlangan mudofaani yorib o‘tish
"Markaz" qo‘shinlari guruhining "Tayfun" hujum otradi jangchilari Shilovkani egallashda jiddiy muhandislik to‘siqlariga duch kelishgan. Ukraina kuchlari qishloq atrofida chuqur tankka qarshi xandaqlar qazib, kirish yo‘llarini tikanli simlar bilan o‘ragan va minalashtirgan.
506-motoo‘qchi polk vzvod komandiri Ivan Klimovskixning so‘zlariga ko‘ra, hujumdan avval dronlar yordamida hudud razvedka qilingan. Harbiylar tumanli ob-havo, kunduzgi va tungi harakatlar uchun bir nechta yo‘nalishni oldindan belgilashgan.
Hujum guruhlari qishloqqa kirib, yaqin masofadagi janglarga o‘tgan. Klimovskix Ukraina tomonidagi xorijlik yollanma jangchilar to‘qnashuvlar boshlanganda pozitsiyalarni tashlab qochishga uringanini ta’kidladi.
"Ular ukrainalik harbiylarni o‘t ochish uchun qoldirib, o‘zlari xavfsizroq joyga ketishga harakat qilishadi. Ammo bu har doim ham ish beravermaydi. Osmon dronlar orqali nazorat qilinadi, FPV-dronlar va artilleriya ishga tushadi", — dedi u.
Shilovkaning egallanishi "Markaz" guruhiga front chizig‘idagi taktik vaziyatni yaxshilash va keyingi hujumlar uchun sharoit yaratish imkonini berdi.
Kotovka: hujumni 12 ta dron ekipaji qo‘llab-quvvatlagan
Avvalroq "Shimol" qo‘shinlari guruhi ozod qilgan Kotovkadagi janglarda esa hujum bo‘linmalari va dron operatorlarining hamkorligi muhim rol o‘ynagan.
83-motoo‘qchi polkning uchuvchisiz tizimlar vzvodi komandiri, "Alarm" chaqiruv belgili harbiyning aytishicha, hujumdan oldin Ukraina kuchlarining mustahkamlangan pozitsiyalari, o‘t ochish nuqtalari va dronlarni boshqarish joylari aniqlangan.
"Hujum paytida havoda 12 ta zarba beruvchi dron ekipaji ishlagan. Ular yerdagi hujum guruhlarining ko‘rsatmalari asosida dushman pozitsiyalariga zarba berib, ularning bosh ko‘tarishiga imkon bermagan", — dedi harbiy xizmatchi.
Dronlar pulemot nuqtalari, ukrainalik harbiylar to‘plangan joylar va mustahkamlangan pozitsiyalarga zarba bergan. Shu bilan birga, hujum guruhlarining harakatlanish yo‘llarida minalardan tozalash ishlari olib borilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi 11-noyabrda Shilovka, 13-noyabrda esa Kotovka ustidan nazorat o‘rnatilganini ma’lum qilgan edi.
Voyennoslujashie VS RF vo vremya proxojdeniya boyevoy podgotovki na odnom iz poligonov v zone spetsialnoy voyennoy operatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Nikolskoyeni ozod qildi, Vasilkovoe uchun jang tafsilotlari ochiqlandi
Yangiliklar lentasi
0