Putin, Tramp va Si Szinpin butun dunyoda tinchlikni saqlashni muhokama qiladi — Xitoy TIV

© Sputnik / Sgenerirovano IIFlagi Rossii, SShA i Kitaya
Flagi Rossii, SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2026
Obuna bo‘lish
Pekin Putin, Si Szinpin va Trampning tarixiy uchrashuvida dunyo tinchligi va strategik barqarorlik masalalari muhokama qilinishini bildirdi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Xitoy, Rossiya va AQSh global muammolarni birgalikda hal qilish va dunyoda tinchlik hamda barqarorlikni ta’minlash borasida katta mas’uliyatga ega. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin Putin, Si Szinpin va Trampning bo‘lajak uchrashuvi munosabati bilan brifingda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 19-noyabr kuni Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda uch davlat yetakchilari dunyo tinchligini saqlash va yirik davlatlar o‘rtasidagi strategik barqarorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi.
Mao Nin bu Xitoy, Rossiya va AQSh rahbarlarining tarixdagi birinchi yuzma-yuz uch tomonlama uchrashuvi bo‘lishini ta’kidladi.
"Ushbu uchrashuv tarixiy ahamiyatga ega. Hozirgi sharoitda uch mamlakat global muammolarni birgalikda hal qilish, dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida muhim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan", — dedi u.
Xitoy TIV vakili uch mamlakat BMTning ta’sischi a’zolari va Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari ekanini eslatdi. Uning ta’kidlashicha, ular Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi birgalikda kurashgan.
Mao Ninning fikricha, uch davlat o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, kelishmovchiliklarni nazorat qilish va munosabatlarni barqarorlashtirish nafaqat ularning manfaatlariga, balki xalqaro hamjamiyat kutilmalariga ham mos keladi.
Sammitda yana nimalar muhokama qilinadi?
Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, Donald Tramp muzokaralarda yadro qurollarini qisqartirish masalasini ko‘tarmoqchi. Shuningdek, Erondagi urush ham muhokama qilinishi mumkin.
19 noyabr kuni Tramp avval Si Szinpin bilan ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi. Shundan so‘ng Putin ishtirokida uch tomonlama uchrashuv boshlanadi.
Uchrashuv 18–19 noyabr kunlari Shenchjenda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (ATES) sammiti doirasida o‘tkaziladi.
Rezidensiya prezidenta SShA - Beliy dom v Vashingtone (okrug Kolumbiya). Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2026
Tramp Putin va Si Szinpin bilan yadro qurollari va Eronni muhokama qilmoqchi — Oq uy
Yangiliklar lentasi
0