Iordaniyada Telegram bloklandi: yana qaysi davlatlarda messenjer cheklangan?

© Sputnik / Ramil SitdikovLogotip messendjera Telegram, illyustrativnoe foto
Logotip messendjera Telegram, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2026
Obuna bo‘lish
Iordaniya rasmiylari Telegram orqali ekstremistik g‘oyalar tarqatilishi va kiberjinoyatlar sodir etilishi xavfini bloklash sababi sifatida ko‘rsatdi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Iordaniyada Telegram messenjeri bloklandi. Bu haqda mamlakat Jamoat xavfsizligi boshqarmasi bayonotiga tayanib, Al Mamlaka davlat telekanali xabar berdi.
Rasmiylar qarorni milliy xavfsizlikni ta’minlash, foydalanuvchilarni himoya qilish va raqamli platformalar orqali sodir etilayotgan qonunbuzarliklarga qarshi kurashish zarurati bilan izohladi.
Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, Telegram ekstremistik va radikal g‘oyalarni tarqatish, shuningdek, kiberjinoyatlar sodir etish uchun maydonga aylangan. Rasmiylar internet orqali tahdid qilish, tovlamachilik va qonunga zid materiallarni tarqatish xavfiga ham e’tibor qaratgan.
Shu munosabat bilan aholi noma’lum akkauntlar va shubhali havolalardan ehtiyot bo‘lishga, qonunbuzarliklar haqida tegishli idoralarga xabar berishga chaqirildi.
Ota-onalarga esa farzandlarining ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardan foydalanishini nazorat qilish, zarur hollarda maxsus nazorat vositalarini qo‘llash tavsiya etildi.
Telegram yana qaysi davlatlarda cheklangan?
Telegram faoliyatiga boshqa mamlakatlarda ham turli vaqtlarda cheklovlar joriy etilgan.
Xususan, Rossiyada 2026-yilda messenjer faoliyatiga nisbatan qo‘shimcha cheklovlar qo‘llanildi. Roskomnadzor buni platforma Rossiya qonunchiligi talablarini bajarmayotgani bilan izohlagan.
Eronda 2018-yil aprelida sud qarori bilan Telegram messenjeri bloklangan. Xitoyda esa messenjer 2015-yildan buyon cheklangan. Bu haqda xalqaro tashkilotlar va Telegram asoschisi ham ma’lum qilgan.
Iroqda Telegram 2023-yilda, shuningdek, 2026-yil aprelida bloklangan. Har ikki holatda ham keyinchalik messenjer faoliyati tiklangan.
Nepalda esa 2025-yil iyulida onlayn firibgarlik va pul yuvish bilan bog‘liq xavotirlar sabab messenjerga cheklov joriy etilgan.
Shuningdek, 2026-yil 30-iyulda Rossiyaning Rosfinmonitoring xizmati Telegram asoschisi Pavel Durovni terroristlar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritgan. Bir kun avval unga Rossiyada terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish ayblovi qo‘yilgani ma’lum qilingan. Bu cheklovlar messenjerning o‘ziga taalluqli emas.
Osnovatel Telegram Pavel Durov posetil Uzbekistan.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2026
Durov terrorizmga ko‘maklashishda ayblanib, xalqaro qidiruvga berildi — Rossiya FXX
Yangiliklar lentasi
0