https://oz.sputniknews.uz/20261116/europe-ukraine-tinchlik-muzokaralar-62044322.html
Peskov: Yevropa Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralariga yordam berishni istamayapti
Peskov: Yevropa Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralariga yordam berishni istamayapti
Sputnik O‘zbekiston
Peskov Yevropa Ittifoqining Rossiyaga bosimni kuchaytirish haqidagi bayonotlarini tanqid qildi. U muzokaralarning E5 + YeI formati, uch tomonlama muloqot, vaqtinchalik sulh va AQSh bilan muhokamalar haqida gapirdi.
2026-11-16T15:47+0500
2026-11-16T15:47+0500
2026-11-16T15:47+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dmitriy peskov
dunyo yangiliklari
dunyoda
yevropa ittifoqi
muzokaralar
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1a/15870639_0:0:3251:1830_1920x0_80_0_0_763c59992f8afceb3dd3f21f5d52072c.jpg
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Yevropa Ittifoqining Rossiyaga bosimni kuchaytirish haqidagi bayonotlari yevropaliklarning Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralariga yordam berishni istamayotganini ko‘rsatadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.Avvalroq Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Yevropa Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralarda "E5 + YeI" formatida ishtirok etishini, shu bilan birga Kiyevni qo‘llab-quvvatlash va Rossiyaga bosimni kuchaytirish davom etishini aytgan edi.E5 guruhiga Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha va Buyuk Britaniya kiradi. Ular Yevropa Ittifoqi institutlari bilan birgalikda muzokaralarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.Kreml yevropaliklarning muzokaralarga qo‘shilish imkoniyatini ko‘rib chiqishdan avval ularning pozitsiyasi tinchlik jarayoniga qanchalik yordam berishi mumkinligini tushunib olish muhimligini ta’kidladi. Hozirga qadar muzokaralar Rossiya, Ukraina va AQSh ishtirokidagi uch tomonlama formatda kelishilgan.Peskov Moskva vaqtinchalik sulhni emas, uzoq muddatli tinchlikni istashini yana bir bor ta’kidladi.Shuningdek, Kreml vakili Vladimir Putinning AQSh maxsus vakillari bilan uchrashuvida Ukraina qo‘shinlarini Donbassdan olib chiqish evaziga Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi masalasi muhokama qilinganmi, degan savolga aniq javob bermadi.Uning ta’kidlashicha, Moskva tinchlik jarayoni manfaatlaridan kelib chiqib, AQSh bilan muzokaralar tafsilotlarini oshkor qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblamaydi.Peskov muzokaralar uzoq va murakkab jarayon ekanini, ko‘plab masalalar bo‘yicha ish davom etayotganini qo‘shimcha qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20261113/peskov-rossiya-61999604.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1a/15870639_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_8dfbbf9da28313d1daae5d17f892a3cc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dmitriy peskov, dunyo yangiliklari, dunyoda, yevropa ittifoqi, muzokaralar, aqsh
dmitriy peskov, dunyo yangiliklari, dunyoda, yevropa ittifoqi, muzokaralar, aqsh
Peskov: Yevropa Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralariga yordam berishni istamayapti
Kreml Yevropa Ittifoqining Rossiyaga bosimni kuchaytirish haqidagi bayonotlarini tinchlik muzokaralariga zid deb hisoblamoqda.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Yevropa Ittifoqining Rossiyaga bosimni kuchaytirish haqidagi bayonotlari yevropaliklarning Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralariga yordam berishni istamayotganini ko‘rsatadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb
xabar berdi RIA Novosti.
Avvalroq Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Yevropa Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralarda "E5 + YeI" formatida ishtirok etishini, shu bilan birga Kiyevni qo‘llab-quvvatlash va Rossiyaga bosimni kuchaytirish davom etishini aytgan edi.
"Biz fon der Lyayen xonim va uning Brusseldagi hamkasblarining Ukrainaga so‘zsiz yordam berish hamda Rossiyani tinchlik jarayoniga majburlash uchun bosimni kuchaytirish haqidagi bayonotlarini eshitdik. Bunday ta’riflar, aksincha, tinchlik jarayoniga yordam berishni istamaslikdan dalolat beradi", — dedi Peskov.
E5 guruhiga Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha va Buyuk Britaniya kiradi. Ular Yevropa Ittifoqi institutlari bilan birgalikda muzokaralarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Kreml yevropaliklarning muzokaralarga qo‘shilish imkoniyatini ko‘rib chiqishdan avval ularning pozitsiyasi tinchlik jarayoniga qanchalik yordam berishi mumkinligini tushunib olish muhimligini ta’kidladi. Hozirga qadar muzokaralar Rossiya, Ukraina va AQSh ishtirokidagi uch tomonlama formatda kelishilgan.
Peskov Moskva vaqtinchalik sulhni emas, uzoq muddatli tinchlikni istashini yana bir bor ta’kidladi.
"Biz vaqtinchalik sulhni xohlamaymiz, biz ko‘p yillar va asrlar davomida tinchlik bo‘lishini xohlaymiz. Shuning uchun maxsus harbiy operatsiya davom etmoqda, muzokaralar yo‘li esa bizni mana shu tinchlikka olib kelishi kerak", — dedi u.
Shuningdek, Kreml vakili Vladimir Putinning AQSh maxsus vakillari bilan uchrashuvida Ukraina qo‘shinlarini Donbassdan olib chiqish evaziga Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi masalasi muhokama qilinganmi, degan savolga aniq javob bermadi.
Uning ta’kidlashicha, Moskva tinchlik jarayoni manfaatlaridan kelib chiqib, AQSh bilan muzokaralar tafsilotlarini oshkor qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblamaydi.
Peskov muzokaralar uzoq va murakkab jarayon ekanini, ko‘plab masalalar bo‘yicha ish davom etayotganini qo‘shimcha qildi.