O‘zbekiston gimnastikachilari Moskvadagi ShHT kubogida ikkita bronza oldi

© Ministerstvo sporta BelorusiiYasmina Zufarova zavoyevala bronzovuyu medal na Kubke ShOS v Moskve
Yasmina Zufarova zavoyevala bronzovuyu medal na Kubke ShOS v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2026
Obuna bo‘lish
Moskvadagi ShHT Ochiq kubogida Yasmina Zufarova shaxsiy, O‘zbekiston terma jamoasi esa guruhli ko‘pkurashda bronza medalini oldi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston badiiy gimnastikachilari Moskvada o‘tayotgan ShHT Ochiq kubogida ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda "Nebesnaya gratsiya" badiiy gimnastika akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
14 noyabr kuni yakunlangan o‘smir qizlar o‘rtasidagi shaxsiy ko‘pkurash bahslarida Yasmina Zufarova uchinchi o‘rinni egalladi.
Ushbu yo‘nalishda rossiyalik Aleksandra Kirushina oltin, belaruslik Kseniya Yevdokimova kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Guruhli ko‘pkurash musobaqalarida ham O‘zbekiston terma jamoasi bronza medalni qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rinni Belarus, ikkinchi o‘rinni Rossiya jamoasi egalladi.
Musobaqa oldidan e’lon qilingan ro‘yxatda O‘zbekistonning badiiy gimnastika bo‘yicha vakillari sifatida Yasmina Zufarovadan tashqari Nastarin Davlatova, Asalbegim Bobomurodova, Kamaliya Rustamova, Samira Yusupova, Dilyara Shamsutdinova va Yeva Subbotina ko‘rsatilgan.
Badiiy gimnastika bo‘yicha musobaqalar Moskva shahrida 13–15 noyabr kunlari o‘tkazilmoqda. Ularda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Armaniston, Serbiya va Kuba gimnastikachilari ishtirok etmoqda.
ShHT Ochiq kubogi doirasida boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar ham davom etadi.
Taxmina Ikramova zavoyevala zoloto Aziatskix igr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2026
Aichi–Nagoya: O‘zbekiston medallari, 48-yilda ilk bor oltinsiz natija, 9-yilda ilk mag‘lubiyat
Yangiliklar lentasi
0