https://oz.sputniknews.uz/20261115/ukraine-muzokaralar-goyalar-62028993.html
Kushner: Ukraina muzokaralarida keskin burilish yasashi mumkin bo‘lgan g‘oyalar paydo bo‘ldi
Kushner: Ukraina muzokaralarida keskin burilish yasashi mumkin bo‘lgan g‘oyalar paydo bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Kushner Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi g‘oyalar paydo bo‘lganini aytdi. Peskov tinchlik Yevropa xavfsizligi bilan bog‘liqligini, Lavrov esa Rossiyaning muzokaralardagi pozitsiyasi o‘zgarmaganini ta’kidladi.
2026-11-15T16:12+0500
2026-11-15T16:12+0500
2026-11-15T16:12+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
muzokaralar
yevropa
ukraina
dmitriy peskov
sergey lavrov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/06/60240998_0:109:2820:1695_1920x0_80_0_0_af5c2307cd1bf922e0d61ca11c8af5e9.jpg
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Ukraina mojarosini tartibga solish bo‘yicha muzokaralarda yangi g‘oyalar paydo bo‘ldi. Bu haqda AQSh prezidentining maxsus vakili Jared Kushner X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.Kushner AQSh Rossiya, Ukraina va Yevropa vakillari bilan yaqin muloqotni davom ettirayotganini ta’kidladi. Hozirgi asosiy vazifa Moskva va yevropalik hamkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda uch tomonlama muzokaralarning navbatdagi bosqichi kun tartibini tayyorlashdan iborat.Uning so‘zlariga ko‘ra, yopiq muzokaralarda har ikki tomon ham mojaroni tugatish uchun amaliy murosalar zarurligini tushunmoqda. Shu bois konstruktiv ishlar davom etmoqda.Kushner NATO Yevropa xavfsizligining muhim tayanchi bo‘lib qolishini qayd etdi. Shuning uchun Vashington yevropalik hamkorlarni muzokaralarga bevosita jalb etish ustida ishlamoqda. Har qanday yakuniy kelishuv barcha manfaatdor tomonlar tomonidan ma’qullanishi shart.Rossiya pozitsiyasiRossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina mojarosini hal qilish Yevropada yangi xavfsizlik tizimini shakllantirish bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidladi.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham Zarubinga bergan intervyusida Moskva Vashington bilan muzokaralarni yerdagi real vaziyat va mojaroning tub sabablariga tayangan holda olib borayotganini bildirdi. U bunday sabablar qatorida rus tili, rus madaniyati va pravoslav diniga bo‘lgan munosabatni sanab o‘tdi.Yevropaning ishtiroki haqidaLavrovning fikricha, yevropalik siyosatchilarning bayonotlari ular muzokaralarda o‘zlariga qanday rol ajratilishi mumkinligini tushunmayotganini ko‘rsatmoqda.U Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning avval o‘t ochishni to‘xtatish, shundan keyingina Yevropa xavfsizligini muhokama qilish haqidagi pozitsiyasini tanqid qildi.Lavrov Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning Rossiya manfaatlari hisobga olingan kelishuvni qo‘llab-quvvatlamaslik haqidagi pozitsiyasini ham boshi berk ko‘chaga olib boruvchi yondashuv deb atadi.Vazir Rossiyaning muzokaralardagi yo‘nalishi o‘zgarmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar Rossiya prezidenti 2024-yil iyunida belgilab bergan maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga erishishni ta’minlaydigan tarzda olib boriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20261113/ushakov-bayonot-61982914.html
yevropa
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/06/60240998_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_79b4d9dacd67002dfbb6dc2960a22568.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, muzokaralar, yevropa, ukraina, dmitriy peskov, sergey lavrov
dunyo yangiliklari, dunyoda, muzokaralar, yevropa, ukraina, dmitriy peskov, sergey lavrov
Kushner: Ukraina muzokaralarida keskin burilish yasashi mumkin bo‘lgan g‘oyalar paydo bo‘ldi
AQSh vakili muzokaralarda yangi g‘oyalar muhokama qilinayotganini aytdi. Lavrov va Peskov esa Rossiyaning kelishuv hamda Yevropa xavfsizligiga oid pozitsiyasini tushuntirdi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Ukraina mojarosini tartibga solish bo‘yicha muzokaralarda yangi g‘oyalar paydo bo‘ldi. Bu haqda AQSh prezidentining maxsus vakili Jared Kushner X ijtimoiy tarmog‘ida
ma’lum qildi.
"Muhokamalar davomida bir nechta yangi g‘oyalar paydo bo‘ldi va ular hozir o‘rganilmoqda. Ayrimlari bevosita olg‘a siljishga olib kelishi, boshqalari esa mavjud kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan yangi takliflarga aylanishi mumkin", — deb yozdi u.
Kushner AQSh Rossiya, Ukraina va Yevropa vakillari bilan yaqin muloqotni davom ettirayotganini ta’kidladi. Hozirgi asosiy vazifa Moskva va yevropalik hamkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda uch tomonlama muzokaralarning navbatdagi bosqichi kun tartibini tayyorlashdan iborat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yopiq muzokaralarda har ikki tomon ham mojaroni tugatish uchun amaliy murosalar zarurligini tushunmoqda. Shu bois konstruktiv ishlar davom etmoqda.
Kushner NATO Yevropa xavfsizligining muhim tayanchi bo‘lib qolishini qayd etdi. Shuning uchun Vashington yevropalik hamkorlarni muzokaralarga bevosita jalb etish ustida ishlamoqda. Har qanday yakuniy kelishuv barcha manfaatdor tomonlar tomonidan ma’qullanishi shart.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina mojarosini hal qilish Yevropada yangi xavfsizlik tizimini shakllantirish bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidladi.
"Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish Yevropa qit’asidagi yangi xavfsizlik arxitekturasi bilan bog‘liq bo‘lishi aniq. Bular bir-biridan ajralmas ikki masala", — dedi u "Vesti" axborot xizmati jurnalisti Pavel Zarubinga.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham Zarubinga bergan intervyusida Moskva Vashington bilan muzokaralarni yerdagi real vaziyat va mojaroning tub sabablariga tayangan holda olib borayotganini bildirdi. U bunday sabablar qatorida rus tili, rus madaniyati va pravoslav diniga bo‘lgan munosabatni sanab o‘tdi.
Yevropaning ishtiroki haqida
Lavrovning fikricha, yevropalik siyosatchilarning bayonotlari ular muzokaralarda o‘zlariga qanday rol ajratilishi mumkinligini tushunmayotganini ko‘rsatmoqda.
"Ehtimol, ular poyezd ketib borayotganini his qilib, so‘nggi vagon zinasiga sakrab chiqishga urinayotgandir", — dedi vazir.
U Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning avval o‘t ochishni to‘xtatish, shundan keyingina Yevropa xavfsizligini muhokama qilish haqidagi pozitsiyasini tanqid qildi.
Lavrov Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning Rossiya manfaatlari hisobga olingan kelishuvni qo‘llab-quvvatlamaslik haqidagi pozitsiyasini ham boshi berk ko‘chaga olib boruvchi yondashuv deb atadi.
Vazir Rossiyaning muzokaralardagi yo‘nalishi o‘zgarmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar Rossiya prezidenti 2024-yil iyunida belgilab bergan maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga erishishni ta’minlaydigan tarzda olib boriladi.