Toshkentda Rustam Xudoyberganovning “Ranglar ohangi” ko‘rgazmasi ochildi — foto
Toshkentda Rustam Xudoyberganovning “Ranglar ohangi” ko‘rgazmasi ochildi — foto
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekiston xalq rassomi Rustam Xudoyberganovning 80-yilligiga bag‘ishlangan “Ranglar ohangi” ko‘rgazmasi ochildi. Unda rassomning so‘nggi ikki yilda yaratgan asarlari namoyish etilmoqda.
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida xalq rassomi Rustam Xudoyberganovning 80-yilligiga bag‘ishlangan “Ranglar ohangi” shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Unda ijodkorning so‘nggi ikki yilda yaratgan asarlari namoyish etilmoqda.Tarixiy mavzudagi asarlari bilan tanilgan rassom bu gal qadimiy shaharlar me’morchiligi, tabiat manzaralari va kundalik hayotga murojaat qilgan.Yorqin ranglar, ularning o‘zaro uyg‘unligi va almashinuvi asarlarga o‘ziga xos marom bag‘ishlaydi. Ko‘rgazmaning “Ranglar ohangi” deb nomlanishi ham bejiz emas.1946 yilda Xorazmda tug‘ilgan Rustam Xudoyberganov ijodida vohaning qadimiy obidalari, ko‘chalari va tabiat manzaralari alohida o‘rin tutadi. Bu taassurotlar uning dastgohli va mahobatli rangtasvir asarlarida o‘z aksini topgan.1996 yilda Parijda rassomning shaxsiy ko‘rgazmasi o‘tkazilgan. Bir yil o‘tib, uning asarlari Xivaning 2500-yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada namoyish etilgan.“Ranglar ohangi” ko‘rgazmasi 12-dekabrgacha davom etadi.
O‘zbekiston xalq rassomining 80-yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada uning so‘nggi ikki yilda yaratgan asarlari namoyish etilmoqda.
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida xalq rassomi Rustam Xudoyberganovning 80-yilligiga bag‘ishlangan “Ranglar ohangi” shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Unda ijodkorning so‘nggi ikki yilda yaratgan asarlari namoyish etilmoqda.
Tarixiy mavzudagi asarlari bilan tanilgan rassom bu gal qadimiy shaharlar me’morchiligi, tabiat manzaralari va kundalik hayotga murojaat qilgan.
Gumbazlar, minoralar, paxsa devorlar va tor ko‘chalar har bir polotnoda o‘zgacha talqin etilgan. Ayrim asarlarda ko‘chalar olisga cho‘zilib, binolarning tanish qiyofasi aniq ko‘rinadi. Boshqalarida esa me’moriy shakllar yirik rang dog‘lari orqali ifodalangan.
Yorqin ranglar, ularning o‘zaro uyg‘unligi va almashinuvi asarlarga o‘ziga xos marom bag‘ishlaydi. Ko‘rgazmaning “Ranglar ohangi” deb nomlanishi ham bejiz emas.
1946 yilda Xorazmda tug‘ilgan Rustam Xudoyberganov ijodida vohaning qadimiy obidalari, ko‘chalari va tabiat manzaralari alohida o‘rin tutadi. Bu taassurotlar uning dastgohli va mahobatli rangtasvir asarlarida o‘z aksini topgan.
1996 yilda Parijda rassomning shaxsiy ko‘rgazmasi o‘tkazilgan. Bir yil o‘tib, uning asarlari Xivaning 2500-yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada namoyish etilgan.
“Ranglar ohangi” ko‘rgazmasi 12-dekabrgacha davom etadi.