https://oz.sputniknews.uz/20261115/amir-temur-rivoyat-russia-sayyoh-62029892.html
Amir Temur bilan bog‘liq bashorat rost chiqdimi? Rossiyalik sayyohlar o‘g‘liga Temur ismini qo‘ydi
Amir Temur bilan bog‘liq bashorat rost chiqdimi? Rossiyalik sayyohlar o‘g‘liga Temur ismini qo‘ydi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik sayyohlar Samarqandda Amir Temur bilan bog‘liq Ko‘ktosh haqidagi rivoyatni eshitishgan. Bir yil o‘tib, oilada o‘g‘il tug‘ildi. Ota-ona chaqaloqqa Temur deb ism qo‘ydi.
2026-11-15T17:59+0500
2026-11-15T17:59+0500
2026-11-15T20:24+0500
bu qiziq
amir temur
tarix
tarixiy yodgorlik
sayyohlar
o‘zbekiston
oila
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0f/62029724_0:0:729:410_1920x0_80_0_0_470fed48fa23f4c8f40e816f6bb74571.jpg
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Rossiyaning Novosibirsk shahrida yashovchi oila Samarqandda eshitgan rivoyat bilan bog‘liq qiziqarli voqeani boshdan kechirdi. Bu haqda VN.ru nashri Novosibirsk viloyati FHDYo boshqarmasiga tayanib xabar berdi.2025 yil noyabr oyida Anton Kuligin va Tatyana Popova O‘zbekistonga sayohat qilishgan. Samarqandda ular Amir Temur dafn etilgan Go‘ri Amir maqbarasini ziyorat qilib, Sohibqiron nomi bilan bog‘liq Ko‘ktoshga o‘tirishgan.Ekskursovod sayyohlarga mahalliy rivoyatni aytib bergan: go‘yoki ushbu toshga o‘tirgan oilada bir yil ichida farzand dunyoga kelar ekan.Oradan bir necha oy o‘tib, 2026-yil mart oyida Tatyana homilador ekanini bilgan. 23-oktabrda esa oilada o‘g‘il farzand tug‘ilgan.Ota-ona Samarqanddagi sayohat va ekskursovodning tilagini eslab, chaqaloqqa Temur deb ism qo‘yishga qaror qilgan.Qizig‘i, bolaning tug‘ilganligi 5-noyabr kuni — oila Samarqandga tashrif buyurganidan roppa-rosa bir yil o‘tib, tantanali ravishda qayd etilgan. Marosim Novosibirsk shahridagi Nikoh saroyida bo‘lib o‘tgan. Ma’lumot uchun, Ko‘ktosh Samarqand tarixida alohida o‘rin tutgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, u Amir Temur davridagi taxt bilan bog‘liq bo‘lib, keyinchalik Buxoro xonlari va amirlarini taxtga o‘tqazish marosimlarida ham ishlatilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260608/temirlano-operasi-58204765.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0f/62029724_81:0:729:486_1920x0_80_0_0_df700ee57360385bee0c3c89dd6d176e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
amir temur, tarix, tarixiy yodgorlik, sayyohlar, o‘zbekiston, oila, samarqand
amir temur, tarix, tarixiy yodgorlik, sayyohlar, o‘zbekiston, oila, samarqand
Amir Temur bilan bog‘liq bashorat rost chiqdimi? Rossiyalik sayyohlar o‘g‘liga Temur ismini qo‘ydi
17:59 15.11.2026 (yangilandi: 20:24 15.11.2026) Samarqandga sayohat qilgan rossiyalik oila Amir Temur bilan bog‘liq tosh haqidagi rivoyatni eshitgan. Bir yil o‘tib, ular o‘g‘il farzandli bo‘lishdi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Rossiyaning Novosibirsk shahrida yashovchi oila Samarqandda eshitgan rivoyat bilan bog‘liq qiziqarli voqeani boshdan kechirdi. Bu haqda VN.ru nashri Novosibirsk viloyati FHDYo boshqarmasiga tayanib
xabar berdi.
2025 yil noyabr oyida Anton Kuligin va Tatyana Popova O‘zbekistonga sayohat qilishgan. Samarqandda ular Amir Temur dafn etilgan Go‘ri Amir maqbarasini ziyorat qilib, Sohibqiron nomi bilan bog‘liq Ko‘ktoshga o‘tirishgan.
Ekskursovod sayyohlarga mahalliy rivoyatni aytib bergan: go‘yoki ushbu toshga o‘tirgan oilada bir yil ichida farzand dunyoga kelar ekan.
Gid xayrlashayotganda ularga bo‘lajak farzandlariga Temur deb ism qo‘yishni tilagan.
Oradan bir necha oy o‘tib, 2026-yil mart oyida Tatyana homilador ekanini bilgan. 23-oktabrda esa oilada o‘g‘il farzand tug‘ilgan.
Ota-ona Samarqanddagi sayohat va ekskursovodning tilagini eslab, chaqaloqqa Temur deb ism qo‘yishga qaror qilgan.
Qizig‘i, bolaning tug‘ilganligi 5-noyabr kuni — oila Samarqandga tashrif buyurganidan roppa-rosa bir yil o‘tib, tantanali ravishda qayd etilgan. Marosim Novosibirsk shahridagi Nikoh saroyida bo‘lib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Ko‘ktosh Samarqand tarixida alohida o‘rin tutgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, u Amir Temur davridagi taxt bilan bog‘liq bo‘lib, keyinchalik Buxoro xonlari va amirlarini taxtga o‘tqazish marosimlarida ham ishlatilgan.