Xitoyda Putin, Si Szinpin va Tramp uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

© POOL / Mediabankka o‘tishOfitsialniy vizit prezidenta RF Vladimira Putina v Pekin
Ofitsialniy vizit prezidenta RF Vladimira Putina v Pekin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2026
Obuna bo‘lish
Peskov Rossiya, Xitoy va AQSh yetakchilari sammiti sanasini ma’lum qildi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Rossiya, Xitoy va AQSh rahbarlarining sammiti 19-noyabr kuni Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“19 noyabr kuni prezident Putin, rais Si va prezident Tramp o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ushbu uchrashuv Shenchjenda OTIH sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi”, - dedi Kreml vakili.
Ilgari Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov Moskva uch tomonlama uchrashuv butun xalqaro vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga umid qilayotganini ma’lum qilgandi.
Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammiti 18-19 noyabr kunlari Shenchjenda bo‘lib o‘tadi.
Vstrecha prezidenta Vladimira Putina so Stivom Uitkoffom i Djaredom Kushnerom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Yevropadagi xavfsizlik, Konstantinovkada gumanitar missiya: Ushakov bayonotlari
Yangiliklar lentasi
0