Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va Myanma katta loyihalarni muhokama qilmoqda

© press-slujba YeIKV Neypido sostoyalos tretye zasedanie sovmestnoy rabochey gruppi po vzaimodeystviyu mejdu YeEK i Pravitelstvom Myanmi
V Neypido sostoyalos tretye zasedanie sovmestnoy rabochey gruppi po vzaimodeystviyu mejdu YeEK i Pravitelstvom Myanmi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2026
Obuna bo‘lish
YeOII mamlakatlarining Myanma bilan tovar aylanmasi o‘sib bormoqda.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Neypido shahrida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Myanma hukumati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir YeIK integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Daniyar Imanaliyev hamda Myanma milliy rejalashtirish, investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Aun Chjo Xou hamraisligida o‘tkazildi.

Ishchi guruh yig‘ilishida sanoat, transport, infratuzilma, bojxona tartibga solish va ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligi texnikasi, mineral o‘g‘itlar yetkazib berish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, iqtisodiyotni raqamlashtirish va transport yo‘laklarini rivojlantirish sohalarida tarmoq muloqotini yanada kengaytirishga o‘zaro qiziqish bildirildi.
YeIK vaziri bu bosqichda asosiy vazifa Myanmaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining har bir davlati bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini izchil rivojlantirish ekanini ta’kidladi.

“Myanma bilan aloqalarni rivojlantirishga tobora ko‘proq YeOII mamlakatlari qo‘shilayotgani, tovar aylanmasi o‘sayotgani, ulkan loyihalar amalga oshirilayotgani va muhokama qilinayotgani quvonarli”, - dedi Imanaliyev.

Tadbir ishtirokchilari YeOII-ASEAN yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, ikki mintaqaning transport-logistika aloqasini oshirish uchun yaxshi imkoniyatlarni qayd etdi.
Myanma tomoni mamlakatning sanoat, transport va logistika sohasidagi salohiyatini, maxsus iqtisodiy zonalar imkoniyatlarini hamda YeIK va YeOIIga a’zo davlatlar bilan muloqotni faollashtirish bo‘yicha takliflarni taqdim etdi.
Myanma obsudila poluchenie statusa nablyudatelya v YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2026
O‘zbekiston va YeOII
Myanma YeOIIda O‘zbekiston kabi kuzatuvchi maqomini olishni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0