Dorilarni retseptsiz sotish mezonlari o‘zgartirildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishProizvodstvo lekarstv na farmatsevticheskom predpriyatii "Obolenskoe"
Proizvodstvo lekarstv na farmatsevticheskom predpriyatii Obolenskoe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2026
Obuna bo‘lish
Ikki yoki undan ortiq faol modda birikmasidan iborat dori vositalari ham retseptsiz beriladigan toifaga kiritilishi mumkin.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonda dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Adliya vazirligi tegishli nizomni ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Hujjat bilan retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish mezonlari takomillashtirildi.

Dori vositasini retseptsiz beriladigan toifaga kiritishda quyidagilar hisobga olinadi:
dori vositasining tibbiy xodimning doimiy kuzatuvisiz, mustaqil va xavfsiz qo‘llanishi;
noto‘g‘ri qo‘llash, dozani oshirib yuborish, suiiste’mol qilish yoki qaramlikni keltirib chiqarish xavfining pastligi;
qo‘llash yo‘riqnomasidagi ma’lumotlarning iste’molchi uchun aniq, to‘liq va tushunarli ekani;
farmakonazorat hamda postmarketing nazorati natijalari;
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan e’tirof etilgan tartibga soluvchi organlar tomonidan dori vositasining retseptsiz beriladigan toifaga kiritilganligi.
Ikki yoki undan ortiq faol modda birikmasidan iborat dori vositalari ham retseptsiz beriladigan toifaga kiritilishi mumkin.

Bunda har bir faol moddaning terapevtik hissasi, kombinatsiyaning foyda-xavf nisbati, klinik asoslanganligi, shuningdek, o‘zaro ta’sir, dozani oshirib yuborish va noto‘g‘ri qo‘llash xavflari baholanadi.

Dori vositasini retsept bilan beriladigan toifadan retseptsiz beriladigan toifaga o‘tkazish rad etilgan taqdirda rad etish asoslari bartaraf etilganda yoki dori vositasining xavfsizligi hamda samaradorligiga oid yangi ma’lumotlar olinganda, ariza beruvchi 3 yil kutmasdan takroran murojaat qilish huquqiga egabo‘ladi.

Vakolatli organ dori vositasining xavfsizligi va samaradorligiga oid yangi ma’lumotlar, farmakonazorat va postmarketing nazorati natijalari hamda qonunchilikdagi o‘zgarishlardan kelib chiqib, uning toifasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Yangi “elektron retsept” tizimi qanday ishlamoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2025
Matbuot markazi
Yangi “elektron retsept” tizimi qanday ishlamoqda — video
Yangiliklar lentasi
0