Madaniyat va san’at sohasi vakillariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya beriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2026
Obuna bo‘lish
Subsidiya ariza beruvchining asosiy ish joyi joylashgan hududda qurilgan kvartiralar uchun beriladi.
TOShKENT, 13 noya – Sputnik. O‘zbekistonda madaniyat sohasi vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun subsidiya beriladi. Hukumatning tegishli nizomi bilan subsidiya ajratish tartibi belgilandi.
Subsidiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari doirasida birlamchi uy-joy bozoridan kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladi.
Subsidiya ariza beruvchining asosiy ish joyidagi hudud doirasida qurilgan kvartiralar uchun yo‘naltiriladi.

Ariza beruvchi subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
Nizomga muvofiq, ariza beruvchilarning belgilangan mezonlarga mosligi axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi.
Jumladan, quyidagi holatlar hisobga olinadi:
ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘ining birgalikdagi daromadlari belgilangan mezonlarga mos bo‘lishi;
ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida O‘zbekistonning hech bir hududida so‘nggi 2-yil davomida mulk huquqi asosida turar joy bo‘lmagan bo‘lishi;
ariza beruvchining madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida kamida 3-yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
tegishli sohada faoliyat yuritish uchun so‘nggi 3-yil davomida litsenziyaga ega bo‘lishi va boshqa mezonlar.
Subsidiya bir oilaga faqat bir marta ajratiladi.
Subsidiya ajratilishi to‘g‘risida xabarnoma olgan ariza beruvchi birlamchi bozordan kvartirani ipoteka krediti asosida sotib olish uchun qurilish tashkiloti yoki developer bilan shartnoma tuzadi.
Agar boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiyadan u o‘tkazilgan kundan boshlab 30 kun ichida foydalanilmasa, bank ushbu mablag‘ni respublika budjetiga qaytaradi.
Yangiliklar lentasi
0