Toshkentda avtomobillarni evakuatsiya qilish tartibi o‘zgarmoqda

© Sputnik / Natalya SeliverstovaEvakuatsiya avtomobilya na shtrafstoyanku
Evakuatsiya avtomobilya na shtrafstoyanku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2026
Obuna bo‘lish
Evakuatsiya xarajati 1,76 mln so‘mgacha, saqlash to‘lovi esa har bir sutka uchun 88 ming so‘mgacha yetishi mumkin.
TOShKENT, 13 noya – Sputnik. 24-dekabrdan Toshkentda avtomobillarni evakuatsiya qilish va jarima maydonchalari faoliyatining yangi tizimi joriy etiladi.
Shu kundan hukumatning poytaxtda avtomobillarni evakuatsiya qilish va jarima maydonchalari faoliyati tartibini o‘zgartiradigan (508-son) qarori kuchga kiradi.
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabariga ko‘ra, haydovchi yuklash boshlanguncha qaytib kelishga ulgurib, qoidabuzarlikni bartaraf etsa, avtomobil olib ketilmaydi. Yuklash boshlangan bo‘lsa, evakuatsiya davom etadi.
Transport vositasini saqlab turish muddati avtomobil evakuatorga joylashtirilgan paytdan boshlab hisoblanadi. Saqlash xarajatlari esa amalda saqlangan to‘liq sutkalar uchun undiriladi.
Qoidabuzarlik qanchaga tushadi?
evakuatsiya — har bir kilometr uchun 88 ming so‘mgacha, biroq jami 1,76 mln so‘mdan oshmaydi;
jarima maydonchasida saqlab turish — har bir sutka uchun 88 ming so‘mgacha;
3 km evakuatsiya va 3 sutka saqlab turish — 528 ming so‘m, bunga qoidabuzarlik uchun solinadigan jarima ham qo‘shiladi.
Yangi tartibga muvofiq, transport vositalarini jarima maydonchasiga olib kelish, saqlash va qaytarish jarayonlari "Jarima maydonchasi" elektron moduli orqali yuritiladi.
Avtomobilni qaytarib olish uchun uni ushlab turish sabablari bartaraf etilishi va vakolatli organ tomonidan elektron ruxsatnoma rasmiylashtirilishi kerak.
Ruxsatnoma QR-kod bilan tasdiqlanib, bir ish kuni ichida haydovchiga va jarima maydonchasi operatoriga elektron tarzda yuboriladi. Haydovchining telefoniga SMS-xabar ham keladi.
Evakuatsiya va saqlash xizmatlari uchun belgilangan to‘lovlar to‘langach, avtomobil ruxsatnoma asosida qaytariladi.
Avtomobil 6 oy ichida olib ketilmasa, qarzdorlik majburiy tartibda undiriladi, 12 oydan so‘ng esa sud uni egasiz deb topishi mumkin.
Novie seni za parkovku na rinkax Tashkenta v sumax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Toshkent bozorlaridagi avtoturargohlar narxlari qanday o‘zgardi - infografika
Yangiliklar lentasi
0