O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolarning o‘zaro bordi-keldisini yengillashtirmoqchi

© Sputnik / Sgenerirovano IIV Uzbekistane ID-karti nachnut vidavat s elektronnoy sifrovoy podpisyu
V Uzbekistane ID-karti nachnut vidavat s elektronnoy sifrovoy podpisyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2026
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston joriy etilayotgan “QazETA” elektron kirish ruxsatnomasi tizimi doirasida O‘zbekiston fuqarolariga muayan imtiyozlar berilishi mumkin.
TOShKENT, 13 noya – Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolarning o‘zaro qatnovini yengillashtirish va chegaralardagi mavjud muammolarni bartaraf etishni rejalashtirmoqda. Bu masalalarni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Qozog‘istonning mamlakatdagi elchisi Yerali Tug‘janov bilan muhokama qildi.
TIV xabariga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning o‘zaro qatnovini yengillashtirish hamda davlat chegaralarini kesib o‘tishdagi to‘siqlarni bartaraf etish borasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
“Xususan, o‘zaro safarlar tartibini soddalashtirish, jumladan, davlat chegarasidan ID-karta orqali o‘tish imkoniyati yuzasidan fikr almashildi. Qozog‘iston tomonidan joriy etilayotgan “QazETA” elektron kirish ruxsatnomasi tizimi doirasida O‘zbekiston fuqarolariga muayan preferensiyalar (imtiyozlar) berish imkoniyatiga alohida e’tibor qaratildi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarini Qozog‘istonda tashkiliy tartibda ishga joylashtirish, tegishli shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish va har ikki mamlakat hududida fuqarolarning bo‘lib turishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish hamda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Qozog‘iston 2027-yil 1-iyuldan mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega 50 tadan ortiq davlat fuqarolari uchun “QazETA” elektron ruxsatnomasini majburiy qiladi. Ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor.

Ruxsatnomani “QazETA”mobil ilovasi orqali xorijga chiqish pasporti yordamida rasmiylashtirish mumkin. Arizani safardan kamida 72 soat oldin topshirish kerak.

Hozircha tizim bepul ishlaydi, 2027-yil iyuligacha esa ruxsatnomasiz ham chegaradan o‘tish mumkin.
Rossiyaga ishga yuborishning yangi mexanizmlari — video - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2026
Matbuot markazi
Xorijga ishga borish uchun avvalambor kasb va til o‘rganish kerak — video
Yangiliklar lentasi
0