O‘zbekistonda necha foiz aholi oliy ma’lumotli?

Obuna bo‘lish
Oliy ma’lumotli aholi soni ochiqlandi.
O‘zbekistonda 3,27 million kishi yoki 15 va undan katta yoshdagi aholining 12 foizi oliy yoki oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega.
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, eng katta guruhni umumiy o‘rta ma’lumotli aholi tashkil etadi – 11,6 million kishi yoki 15 yoshdan oshgan aholining 42,8 foizi. Yana 9,7 million kishi (35,8 foiz) o‘rta maxsus va kasb-hunar ma’lumotiga ega.
Har 1 000 nafar 15 yosh va undan katta aholiga 120 nafar oliy va oliy ta’limdan keyingi, 358 nafar o‘rta maxsus va professional hamda 428 nafar umumiy o‘rta ma’lumotli shaxs to‘g‘ri keladi.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 1-oktabr holatiga doimiy aholi soni 39,5 mln kishini tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0