TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Afg‘onistonga Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.Overchukning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya biznesi Afg‘onistonda ishlashga tayyor.Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida Kobulda Rossiya-Afg‘oniston biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Rossiya kompaniyalarining 75 nafarga yaqin vakili va Afg‘oniston tomonidan ham shuncha vakil ishtirok etdi. Rossiya kompaniyalari Afg‘onistonga don, un, dori-darmon va harbiy texnika yetkazib berish bo‘yicha katta shartnomalar tuzdi.
Taklif Kobuldagi Rossiya-Afg‘oniston biznes forumi doirasida berildi.
TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Afg‘onistonga Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
“Bizda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan aloqa o‘rnatish taklifi bor. Texnik tartibga solish, standartlar bilan bog‘liq masalalar – bu masalalarning barchasi bizda xalqaro darajaga, YeOIIga olib chiqilgan”, - dedi u “Tolibon” hukumati bosh vaziri Hasan Oxund bilan uchrashuvda.
Overchukning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya biznesi Afg‘onistonda ishlashga tayyor.
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida Kobulda Rossiya-Afg‘oniston biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Rossiya kompaniyalarining 75 nafarga yaqin vakili va Afg‘oniston tomonidan ham shuncha vakil ishtirok etdi. Rossiya kompaniyalari Afg‘onistonga don, un, dori-darmon va harbiy texnika yetkazib berish bo‘yicha katta shartnomalar tuzdi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.