https://oz.sputniknews.uz/20261112/russia-qurol-dan-geran-61959202.html
"Dan-T" va "Geran-5 K5-K": Rossiya Kiyevga qarshi yana qanday kutilmagan qurolni ishga soldi
"Dan-T" va "Geran-5 K5-K": Rossiya Kiyevga qarshi yana qanday kutilmagan qurolni ishga soldi
Sputnik O‘zbekiston
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko "Dan-T" va "Geran-5 K5-K" raketalarining tezligi, uchish masofasi va nishonga yo‘naltirish tizimlarini tahlil qildi. Muallif arzon qurollarni ommaviy ishlab chiqarish ahamiyatiga to‘xtaldi.
2026-11-12T11:09+0500
2026-11-12T11:09+0500
2026-11-12T11:41+0500
kolumnistlar
havo mudofaa tizimi
dron
harbiy texnika
rossiya
ukraina
analitika
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0c/61958081_22:0:1304:721_1920x0_80_0_0_328baaea95e410e5efcc044aeb703b43.jpg
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko Rossiyaning yangi "Dan-T" va "Geran-5 K5-K" raketalarining imkoniyatlari, ularni jangovar qo‘llash xususiyatlari hamda nisbatan arzon yuqori aniqlikdagi qurollarni ommaviy ishlab chiqarishning strategik ahamiyati haqida maqola yozdi.Aleksandr Xrolenko maqolasiRossiya Ukrainadagi harbiy harakatlar maydonida amalda butun jamoaviy G‘arbdan iborat dushman ustidan texnologik va strategik ustunligini namoyish etmoqda. 6-noyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi "G‘arb" qo‘shinlar guruhi mas’uliyat hududida Mi-28NM "Tungi ovchi" zarbdor vertolotidan qanotli raketa uchirilgani aks etgan videoni namoyish qildi. Ayrim harbiy nashrlar uni "Dan-T" deb atadi. "The War Zone" esa videodagi qurol "Dan-T" yoki unga o‘xshash "Banderol" bo‘lishi mumkinligini qayd etdi."Dan-T"ning uchish masofasi 450 kmgacha, tezligi soatiga qariyb 500 km. Og‘irligi 130 kg bo‘lgan jangovar qismi arsenallar, omborlar, ta’minot markazlari, sanoat va port inshootlari kabi mustahkamlangan obyektlarga front chizig‘idan ancha olisda zarba berish imkonini yaratadi.Raketaning muhim xususiyati — uni vertolotdan past balandlikda uchirish mumkinligi. Bu uchirish jarayonini dushman radarlaridan yashirishga va vertolotning HHM tizimlari ta’sir doirasiga kirmasdan zarba berishiga xizmat qiladi."Dan-T" sun’iy yo‘ldosh va inersial navigatsiyani birlashtirgan nishonga yo‘naltirish tizimiga ega. Inersial tizim giroskoplar, tezlanish va balandlik datchiklari hamda magnitometr yordamida avtonom ishlaydi. "Rostex" korporatsiyasida raketaning boshqaruv tizimi va reaktiv dvigateli takomillashtirilayotgani, jangovar qismlar turini kengaytirish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi. Ukrainalik ekspertlar bahosiga ko‘ra, "Dan-T" "Banderol"dan 35 foiz arzon. Rossiya mudofaa sanoati esa yiliga 10 mingtagacha shunday raketa ishlab chiqarish imkoniyatiga ega, deb baholanmoqda.Tun qa’ridagi jimjit dahshat10 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Kiyev, Vinnitsa, Poltava, Kirovograd va Xarkov viloyatlaridagi energetika obyektlariga, jumladan, podstansiyalarga navbatdagi zarbalarni berdi.Ukrainalik kuzatuvchilar zarba yetib kelguniga qadar g‘ayrioddiy sukunat hukm surganini ta’kidlashdi. Ehtimol, bu 2026-yil sentabridan faol qo‘llanilayotgan yangi "Geran-5 K5-K"ning xususiyati bilan bog‘liqdir.Ukraina harbiy razvedkasi ham ushbu qurilmaning imkoniyatlarini o‘rgangan. Uning uchish masofasi 1000 km atrofida, maksimal balandligi 6000 metr. "Geran-5 K5-K"ning yana bir afzalligi — optik navigatsiya tizimi. U sun’iy yo‘ldosh signallaridan foydalanish bilan birga, radioelektron kurash vositalari qarshiligi sharoitida ham belgilangan yo‘nalishni saqlashga yordam beradi. Rossiyalik ekspertlar bu xususiyat raketaning nishonga aniq zarba berish imkoniyatini oshirishini ta’kidlamoqda.Rossiyaning "Dan-T", "Geran-5 K5-K", "Banderol", "Filin" va boshqa yangi qurollari radarlarda qiyin aniqlanishi hamda past balandlikda yer relyefini aylanib o‘tishi bilan ajralib turadi. Ular qo‘mondonlik punktlari, harbiy texnika, istehkomlar, dronlarni uchirish joylari va HHM majmualariga zarba berish uchun mo‘ljallangan.Biroq bunday qurollarning ahamiyati faqat jangovar xususiyatlarida emas. Bu — "yuqori aniqlikdagi qurollarning yangi iqtisodiyoti". Amerikaning "Military Watch Magazine" va "The War Zone" harbiy nashrlari ham Rossiyaning yangi ishlanmalarini tahlil qilib, ularning nisbatan arzonligi va dronlar, zarbdor vertolotlar hamda yerdagi qurilmalardan uchirilishiga e’tibor qaratdi."The War Zone" 6-noyabr kuni AQSh Dengiz piyodalari korpusi ham AH-1Z Viper vertolotlarini bir necha yuz kilometr masofaga zarba bera oladigan "Red Wolf" raketalari bilan jihozlash ustida ishlayotganini yozdi.Shunday bo‘lsa-da, nisbatan arzon yuqori aniqlikdagi qanotli raketalarni jangovar qo‘llashda Rossiya jahonda yetakchi o‘rinni egallamoqda.Ayni paytda AQSh ham Ukraina uchun uzoq masofali "AGM-188A Rusty Dagger" raketalarini ishlab chiqmoqda. Ularni "Zone 5 Technologies" kompaniyasi 2024-yilda boshlangan "Extended Range Attack Munition" dasturi doirasida yaratgan. Raketalarning maksimal uchish masofasi uchirish sharoitiga qarab 930 kmgacha yetishi mumkin. Ularni samolyotlardan, yangi modifikatsiyasini esa yerdagi platformalardan uchirish ko‘zda tutilgan.Nima bo‘lganda ham, yuqori texnologiyali qanotli raketalarni ommaviy ishlab chiqarish Rossiyaning muhim strategik resursiga aylanib bormoqda. Bunday qurollar front chizig‘ida ham, dushmanning chuqur orqa hududlarida ham ustunlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260620/banderol-rossiya-kievni-yangi-qasos-quroli-bilan-hayratda-qoldirdi-58471888.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0c/61958081_183:0:1144:721_1920x0_80_0_0_42df4b5415ab8211f5b976eba47b7c68.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, havo mudofaa tizimi, dron, harbiy texnika, rossiya, ukraina, analitika
kolumnistlar, havo mudofaa tizimi, dron, harbiy texnika, rossiya, ukraina, analitika
"Dan-T" va "Geran-5 K5-K": Rossiya Kiyevga qarshi yana qanday kutilmagan qurolni ishga soldi
11:09 12.11.2026 (yangilandi: 11:41 12.11.2026) Rossiyaning "Dan-T" va "Geran-5 K5-K" raketalari imkoniyatlari hamda jangovar ahamiyatini Aleksandr Xrolenko tahlil qildi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko Rossiyaning yangi "Dan-T" va "Geran-5 K5-K" raketalarining imkoniyatlari, ularni jangovar qo‘llash xususiyatlari hamda nisbatan arzon yuqori aniqlikdagi qurollarni ommaviy ishlab chiqarishning strategik ahamiyati haqida maqola yozdi.
Aleksandr Xrolenko maqolasi Rossiya Ukrainadagi harbiy harakatlar maydonida amalda butun jamoaviy G‘arbdan iborat dushman ustidan texnologik va strategik ustunligini namoyish etmoqda.
"Dan-T", "Geran-5 K5-K", "Banderol", "Filin" va boshqa yangi qanotli raketalarning qo‘llanilishi Ukraina Qurolli kuchlari va NATOda xavotir uyg‘otmoqda. Chunki ularda bunday raketalarni urib tushirish uchun ishonchli havo mudofaasi vositalari va iqtisodiy jihatdan maqbul usullar yetishmaydi.
6 noyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi "G‘arb" qo‘shinlar guruhi mas’uliyat hududida Mi-28NM "Tungi ovchi" zarbdor vertolotidan qanotli raketa uchirilgani aks etgan videoni namoyish qildi. Ayrim harbiy nashrlar uni "Dan-T" deb atadi. "The War Zone" esa videodagi qurol "Dan-T" yoki unga o‘xshash "Banderol" bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.
"Dan-T"ning uchish masofasi 450 kmgacha, tezligi soatiga qariyb 500 km. Og‘irligi 130 kg bo‘lgan jangovar qismi arsenallar, omborlar, ta’minot markazlari, sanoat va port inshootlari kabi mustahkamlangan obyektlarga front chizig‘idan ancha olisda zarba berish imkonini yaratadi.
Raketaning muhim xususiyati — uni vertolotdan past balandlikda uchirish mumkinligi. Bu uchirish jarayonini dushman radarlaridan yashirishga va vertolotning HHM tizimlari ta’sir doirasiga kirmasdan zarba berishiga xizmat qiladi.
"Dan-T" sun’iy yo‘ldosh va inersial navigatsiyani birlashtirgan nishonga yo‘naltirish tizimiga ega. Inersial tizim giroskoplar, tezlanish va balandlik datchiklari hamda magnitometr yordamida avtonom ishlaydi.
Sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi xatolarni to‘g‘rilaydi, parvozning yakuniy bosqichida esa optik-elektron tizim nishonni taniydi. Bu raketaga dushman radioelektron kurash vositalarini qo‘llagan sharoitda ham operator aralashuvisiz harakatlanish imkonini beradi.
"Rostex" korporatsiyasida raketaning boshqaruv tizimi va reaktiv dvigateli takomillashtirilayotgani, jangovar qismlar turini kengaytirish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi. Ukrainalik ekspertlar bahosiga ko‘ra, "Dan-T" "Banderol"dan 35 foiz arzon. Rossiya mudofaa sanoati esa yiliga 10 mingtagacha shunday raketa ishlab chiqarish imkoniyatiga ega, deb baholanmoqda.
Tun qa’ridagi jimjit dahshat
10 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Kiyev, Vinnitsa, Poltava, Kirovograd va Xarkov viloyatlaridagi energetika obyektlariga, jumladan, podstansiyalarga navbatdagi zarbalarni berdi.
Ukrainalik kuzatuvchilar zarba yetib kelguniga qadar g‘ayrioddiy sukunat hukm surganini ta’kidlashdi. Ehtimol, bu 2026-yil sentabridan faol qo‘llanilayotgan yangi "Geran-5 K5-K"ning xususiyati bilan bog‘liqdir.
Ukraina harbiy razvedkasi ham ushbu qurilmaning imkoniyatlarini o‘rgangan. Uning uchish masofasi 1000 km atrofida, maksimal balandligi 6000 metr.
Parvoz tezligi soatiga 450 kmdan oshadi, ayrim manyovrlarda esa 1000 kmgacha yetishi mumkin. Parchalanuvchi-fugasli yoki termobarik jangovar qismining og‘irligi 90 kg.
"Geran-5 K5-K"ning yana bir afzalligi — optik navigatsiya tizimi. U sun’iy yo‘ldosh signallaridan foydalanish bilan birga, radioelektron kurash vositalari qarshiligi sharoitida ham belgilangan yo‘nalishni saqlashga yordam beradi. Rossiyalik ekspertlar bu xususiyat raketaning nishonga aniq zarba berish imkoniyatini oshirishini ta’kidlamoqda.
Rossiyaning "Dan-T", "Geran-5 K5-K", "Banderol", "Filin" va boshqa yangi qurollari radarlarda qiyin aniqlanishi hamda past balandlikda yer relyefini aylanib o‘tishi bilan ajralib turadi. Ular qo‘mondonlik punktlari, harbiy texnika, istehkomlar, dronlarni uchirish joylari va HHM majmualariga zarba berish uchun mo‘ljallangan.
Biroq bunday qurollarning ahamiyati faqat jangovar xususiyatlarida emas. Bu — "yuqori aniqlikdagi qurollarning yangi iqtisodiyoti".
Toliqtirish urushida raketalarning murakkabligi emas, balki yuqori aniqlikdagi zarbalarni uzluksiz berish imkoniyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Nisbatan arzon qanotli raketalarni ko‘plab ishlab chiqarish strategik ustunlikka aylanadi.
Amerikaning "Military Watch Magazine" va "The War Zone" harbiy nashrlari ham Rossiyaning yangi ishlanmalarini tahlil qilib, ularning nisbatan arzonligi va dronlar, zarbdor vertolotlar hamda yerdagi qurilmalardan uchirilishiga e’tibor qaratdi.
"The War Zone" 6-noyabr kuni AQSh Dengiz piyodalari korpusi ham AH-1Z Viper vertolotlarini bir necha yuz kilometr masofaga zarba bera oladigan "Red Wolf" raketalari bilan jihozlash ustida ishlayotganini yozdi.
Shunday bo‘lsa-da, nisbatan arzon yuqori aniqlikdagi qanotli raketalarni jangovar qo‘llashda Rossiya jahonda yetakchi o‘rinni egallamoqda.
Ayni paytda AQSh ham Ukraina uchun uzoq masofali "AGM-188A Rusty Dagger" raketalarini ishlab chiqmoqda. Ularni "Zone 5 Technologies" kompaniyasi 2024-yilda boshlangan "Extended Range Attack Munition" dasturi doirasida yaratgan. Raketalarning maksimal uchish masofasi uchirish sharoitiga qarab 930 kmgacha yetishi mumkin. Ularni samolyotlardan, yangi modifikatsiyasini esa yerdagi platformalardan uchirish ko‘zda tutilgan.
10 noyabrda Rossiya Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuchlari AQShda ishlab chiqarilgan to‘rtta "AGM-188A Rusty Dagger" qanotli raketasini urib tushirganini ma’lum qildi.
Nima bo‘lganda ham, yuqori texnologiyali qanotli raketalarni ommaviy ishlab chiqarish Rossiyaning muhim strategik resursiga aylanib bormoqda. Bunday qurollar front chizig‘ida ham, dushmanning chuqur orqa hududlarida ham ustunlikni ta’minlashga xizmat qiladi.