https://oz.sputniknews.uz/20261112/odbk-sammit-61952356.html
KXShT sammiti: Putinning havo mudofaasi rejasi, 19 ta hujjat va Armaniston masalasi
KXShT sammiti: Putinning havo mudofaasi rejasi, 19 ta hujjat va Armaniston masalasi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) Kollektiv xavfsizlik kengashi yig‘ilishida tashkilotning qo‘shma kuchlarini rivojlantirish va yangi mobil havo mudofaasi bo‘linmalarini shakllantirish haqida ma’lum qildi.
2026-11-12T09:18+0500
2026-11-12T09:18+0500
2026-11-12T10:09+0500
havo mudofaa tizimi
vladimir putin
kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht)
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0c/61951954_0:120:3215:1928_1920x0_80_0_0_6f2e829bb9b63ee98a4748ecc4e387e5.jpg
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) Kollektiv xavfsizlik kengashi yig‘ilishida tashkilotning qo‘shma kuchlarini rivojlantirish va yangi mobil havo mudofaasi bo‘linmalarini shakllantirish haqida ma’lum qildi. Putinning ta’kidlashicha, 2026-yilda Rossiyaning KXShTga raisligi davrida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 100 tadan ortiq tadbir o‘tkazilgan. Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiyada yirik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar tashkil etilgan.Jumladan, Chelyabinsk viloyatida KXShT Tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlarining "Hamkorlik-2026" mashg‘ulotlari "Markaz" strategik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari bilan birgalikda o‘tkazilgan.Rossiya rahbari qo‘shma kuchlarni zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan jihozlash ishlari davom etayotganini aytdi.Putin, shuningdek, KXShT tashqi chegaralari xavfsizligini ta’minlashda Afg‘onistondagi vaziyat doimiy e’tibor markazida bo‘lganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, a’zo davlatlarning kuch tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda muvofiqlashuvni kuchaytirgan.Sammitda 19 ta hujjat qabul qilindiYig‘ilish yakunlariga ko‘ra, 19 ta hujjat, jumladan, KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashining yakuniy deklaratsiyasi va Rossiya tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2030-yilgacha terrorizmga qarshi strategiya qabul qilindi.Putin xavfli infeksiyalar tarqalishiga qarshi birgalikda tezkor chora ko‘rish bo‘yicha alohida kelishuv loyihasini tayyorlashni ham taklif qildi.Armaniston ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ldiSammitning yana bir muhim qarori Armanistonga tegishli bo‘ldi. A’zolik badallari bo‘yicha qarzdorlik sababli mamlakatga nisbatan KXShT Nizomining 25-moddasi qo‘llanildi.Natijada Armaniston tashkilotda ovoz berish hamda o‘z vakillarini kvota asosidagi lavozimlarga ko‘rsatish huquqidan mahrum bo‘ldi.KXShT bosh kotibi Taalatbek Masadikovning tushuntirishicha, qarzdorlik to‘liq qoplanganidan so‘ng ushbu huquqlar tiklanishi mumkin. Armanistonni tashkilot a’zoligidan chiqarish masalasi esa ko‘rib chiqilmagan.Markaziy Osiyo xavfsizligiHujjatda KXShTga a’zo davlatlar chegaralari yaqinida boshqa harbiy ittifoqlarning infratuzilmasi kengayishi bilan bog‘liq xavotirlar ham bildirilgan. Shuningdek, MDH va ShHT bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish niyati tasdiqlangan.2027 yil 1-yanvardan KXShTga raislik Rossiyadan Tojikistonga o‘tadi. Kelgusi yil tashkilot uchun ikki sana — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi imzolanganining 35-yilligi va KXShT tashkil etilganining 25-yilligi bilan ahamiyatli bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260917/cis-havo-mudofaa-tizim-yigilish-60514754.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0c/61951954_243:0:2974:2048_1920x0_80_0_0_2e4fe247de1de0ed862b96114e8df23c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
havo mudofaa tizimi, vladimir putin, kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht), rossiya
havo mudofaa tizimi, vladimir putin, kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht), rossiya
KXShT sammiti: Putinning havo mudofaasi rejasi, 19 ta hujjat va Armaniston masalasi
09:18 12.11.2026 (yangilandi: 10:09 12.11.2026) Moskvadagi KXShT sammitida havo mudofaasi va aviatsiyaga oid qarorlar qabul qilindi, Armanistonning ovoz berish huquqi cheklandi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) Kollektiv xavfsizlik kengashi yig‘ilishida tashkilotning qo‘shma kuchlarini rivojlantirish va yangi mobil havo mudofaasi bo‘linmalarini shakllantirish haqida
ma’lum qildi.
Putinning ta’kidlashicha, 2026-yilda Rossiyaning KXShTga raisligi davrida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 100 tadan ortiq tadbir o‘tkazilgan. Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiyada yirik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
Jumladan, Chelyabinsk viloyatida KXShT Tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlarining "Hamkorlik-2026" mashg‘ulotlari "Markaz" strategik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari bilan birgalikda o‘tkazilgan.
Rossiya rahbari qo‘shma kuchlarni zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan jihozlash ishlari davom etayotganini aytdi.
Sammitda kollektiv aviatsiya kuchlarini rivojlantirish hamda qo‘shma operatsiyalarda qo‘shinlarni himoya qilish uchun mobil havo mudofaasi bo‘linmalarini shakllantirishga oid qarorlar qabul qilindi.
Putin, shuningdek, KXShT tashqi chegaralari xavfsizligini ta’minlashda Afg‘onistondagi vaziyat doimiy e’tibor markazida bo‘lganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, a’zo davlatlarning kuch tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda muvofiqlashuvni kuchaytirgan.
Sammitda 19 ta hujjat qabul qilindi
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, 19 ta hujjat, jumladan, KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashining yakuniy deklaratsiyasi va Rossiya tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2030-yilgacha terrorizmga qarshi strategiya qabul qilindi.
Hujjatlar orasida kollektiv aviatsiya kuchlarini rivojlantirish, mobil havo mudofaasi bo‘linmalarini shakllantirish va biologik xavfsizlik sohasidagi hamkorlikka oid qarorlar ham bor.
Putin xavfli infeksiyalar tarqalishiga qarshi birgalikda tezkor chora ko‘rish bo‘yicha alohida kelishuv loyihasini tayyorlashni ham taklif qildi.
Armaniston ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ldi
Sammitning yana bir muhim qarori Armanistonga tegishli bo‘ldi. A’zolik badallari bo‘yicha qarzdorlik sababli mamlakatga nisbatan KXShT Nizomining 25-moddasi qo‘llanildi.
Natijada Armaniston tashkilotda ovoz berish hamda o‘z vakillarini kvota asosidagi lavozimlarga ko‘rsatish huquqidan mahrum bo‘ldi.
KXShT bosh kotibi Taalatbek Masadikovning tushuntirishicha, qarzdorlik to‘liq qoplanganidan so‘ng ushbu huquqlar tiklanishi mumkin. Armanistonni tashkilot a’zoligidan chiqarish masalasi esa ko‘rib chiqilmagan.
Markaziy Osiyo xavfsizligi
Sammitda qabul qilingan
yakuniy deklaratsiyada Markaziy Osiyoning yadro qurolidan xoli mintaqa maqomini saqlash muhimligi ta’kidlandi.
Hujjatda KXShTga a’zo davlatlar chegaralari yaqinida boshqa harbiy ittifoqlarning infratuzilmasi kengayishi bilan bog‘liq xavotirlar ham bildirilgan. Shuningdek, MDH va ShHT bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish niyati tasdiqlangan.
2027 yil 1-yanvardan KXShTga raislik Rossiyadan Tojikistonga o‘tadi. Kelgusi yil tashkilot uchun ikki sana — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi imzolanganining 35-yilligi va KXShT tashkil etilganining 25-yilligi bilan ahamiyatli bo‘ladi.