https://oz.sputniknews.uz/20261112/moskva-shahar-dumasi-delegatsiyasi-toshkentda-yoshlar-bilan-uchrashdi-61957428.html
Moskva shahar dumasi delegatsiyasi Toshkentda yoshlar bilan uchrashdi
Moskva shahar dumasi delegatsiyasi Toshkentda yoshlar bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Moskva shahar dumasi delegatsiyasi Toshkentda talabalar bilan uchrashdi. Ta’lim, qo‘shma loyihalar va tarixiy xotira muhokama qilindi. Tomonlar yoshlar tuzilmalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.
2026-11-12T10:31+0500
2026-11-12T10:31+0500
2026-11-12T10:31+0500
siyosat
rossiya
hamkorlik
otm
oliy ta’lim muassasalari
talabalar
rossotrudnichestvo
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0c/61956498_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_a9e9c19cdbbd267991bade885d328aed.jpg
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Moskva shahar dumasi raisi Aleksey Shaposhnikov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentdagi Rus uyida Rossiya oliygohlarining O‘zbekistondagi filiallari talabalari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Uchrashuvda Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya ham ishtirok etdi. Irina Staroselskaya Toshkentdagi Rus uyi bu yil 25-yilligini nishonlayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yubiley doirasida yoshlar va talabalar uchun viktorinalar, kvestlar hamda boshqa tadbirlar tashkil etilgan.U O‘zbekiston xalqining urush yillarida evakuatsiya qilingan aholini qabul qilganini alohida e’tirof etdi. Shuningdek, Moskva shahar dumasi o‘n yildan ortiq vaqtdan buyon 1941-yilda Moskvani himoya qilish uchun ko‘ngilli ravishda frontga ketgan fuqarolar xotirasiga bag‘ishlangan dasturni amalga oshirayotganini ma’lum qildi.Shaposhnikov 2025-yildan beri o‘tkazilayotgan "Qahramon shaharlar — qahramonlar shaharlari" avtomobil marafoni haqida ham so‘zlab berdi. Uning doirasida Sovet Ittifoqi yoki Rossiya Qahramonlari boshchiligidagi ekipajlar uchta yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi. Moskva shahar dumasi raisi o‘zbekistonlik yoshlarni ham marafonda qatnashishga taklif qildi.Uchrashuvning amaliy natijalaridan biri Moskva shahar dumasi huzuridagi Yoshlar palatasi va Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi huzuridagi Yoshlar kengashi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv bo‘ldi.U hamkorlik yo‘nalishlarini yoshlarning o‘zlari belgilashlariga ishonch bildirib, tarixiy xotirani saqlash va ajdodlar jasorati haqidagi bilimlarni yosh avlodga yetkazish ustuvor vazifalardan biri bo‘lishini ta’kidladi.Tadbir yakunida Aleksey Shaposhnikov Rus uyiga Moskva xalq lashkari haqidagi kitoblar va Igor Ugolnikovning "Yurak chaqirig‘i" filmini sovg‘a qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20261111/moscow-duma-delegatsiya-tashkent-61927036.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0c/61956498_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_82d7745f84586b4ac56e9fdf908eb5e8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, rossiya, hamkorlik, otm, oliy ta’lim muassasalari, talabalar, rossotrudnichestvo, o‘zbekiston
siyosat, rossiya, hamkorlik, otm, oliy ta’lim muassasalari, talabalar, rossotrudnichestvo, o‘zbekiston
Moskva shahar dumasi delegatsiyasi Toshkentda yoshlar bilan uchrashdi
Toshkentdagi Rus uyida ta’lim, qo‘shma yoshlar loyihalari va tarixiy xotira muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikka kelishdi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Moskva shahar dumasi raisi Aleksey Shaposhnikov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentdagi Rus uyida Rossiya oliygohlarining O‘zbekistondagi filiallari talabalari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uchrashuvda Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya ham ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida ta’lim, qo‘shma yoshlar dasturlari, yangi loyihalar va tarixiy xotirani asrab-avaylash masalalari muhokama qilindi. Talabalar o‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashib, hamkorlik bo‘yicha takliflarini bildirishdi.
Irina Staroselskaya Toshkentdagi Rus uyi bu yil 25-yilligini nishonlayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yubiley doirasida yoshlar va talabalar uchun viktorinalar, kvestlar hamda boshqa tadbirlar tashkil etilgan.
U O‘zbekiston xalqining urush yillarida evakuatsiya qilingan aholini qabul qilganini alohida e’tirof etdi. Shuningdek, Moskva shahar dumasi o‘n yildan ortiq vaqtdan buyon 1941-yilda Moskvani himoya qilish uchun ko‘ngilli ravishda frontga ketgan fuqarolar xotirasiga bag‘ishlangan dasturni amalga oshirayotganini ma’lum qildi.
Shaposhnikov 2025-yildan beri o‘tkazilayotgan "Qahramon shaharlar — qahramonlar shaharlari" avtomobil marafoni haqida ham so‘zlab berdi. Uning doirasida Sovet Ittifoqi yoki Rossiya Qahramonlari boshchiligidagi ekipajlar uchta yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi. Moskva shahar dumasi raisi o‘zbekistonlik yoshlarni ham marafonda qatnashishga taklif qildi.
Uchrashuvning amaliy natijalaridan biri Moskva shahar dumasi huzuridagi Yoshlar palatasi va Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi huzuridagi Yoshlar kengashi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv bo‘ldi.
"Toshkentdagi hamkasblarimiz bilan suhbatda yoshlar siyosati mavzusiga to‘xtalib o‘tdik. Har ikki parlamentda ham yoshlar tuzilmalari bor. Biz yosh hamkasblarimiz, yoshlar palatasi a’zolarining uchrashuvini o‘tkazishga kelishib oldik", — dedi Shaposhnikov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida.
U hamkorlik yo‘nalishlarini yoshlarning o‘zlari belgilashlariga ishonch bildirib, tarixiy xotirani saqlash va ajdodlar jasorati haqidagi bilimlarni yosh avlodga yetkazish ustuvor vazifalardan biri bo‘lishini ta’kidladi.
Tadbir yakunida Aleksey Shaposhnikov Rus uyiga Moskva xalq lashkari haqidagi kitoblar va Igor Ugolnikovning "Yurak chaqirig‘i" filmini sovg‘a qildi.