Mirziyoyev Navoiy viloyati sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

© Xokimiyat Navoiyskoy oblastiSkonchalsya bivshiy xokim Navoiyskoy oblasti Baxriddin Ruziyev
Skonchalsya bivshiy xokim Navoiyskoy oblasti Baxriddin Ruziyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2026
Obuna bo‘lish
Navoiy viloyatining sobiq hokimi Bahriddin Ro‘ziyev 76 yoshida vafot etdi. Prezident va boshqa davlat arboblari hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatining sobiq hokimi, davlat va jamoat arbobi Bahriddin Ro‘ziyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Bahriddin Ro‘ziyev 11-noyabr kuni 76 yoshida vafot etdi. Shavkat Mirziyoyev bilan bir qatorda Tanzila Norboyeva, Nuriddin Ismoilov, Abdulla Aripov va Sodiq Turdiyev ham marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Bahriddin Ro‘ziyev 1950-yil 23-avgustda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini Karmana tumanida avtochilangar sifatida boshlagan. Keyinchalik Toshkent politexnika instituti va Moskva ijtimoiy fanlar akademiyasida tahsil olgan.
U turli yillarda Navoiy viloyati gazlashtirish boshqarmasi, hududiy kommunal foydalanish boshqarmasi rahbari va Konimex tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.
2002 yilda Navoiy viloyati hokimi etib tayinlangan. Uning rahbarlik davrida sanoat va ishlab chiqarishni rivojlantirish, investitsiyalar jalb qilish, fermerlik harakatini shakllantirish va aholini ijtimoiy himoya qilishga e’tibor qaratilgan.
Bahriddin Ro‘ziyev "Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zonasini tashkil etish hamda Navoiy xalqaro aeroporti negizida xalqaro logistika markazini barpo qilish ishlarida ham ishtirok etgan.
So‘nggi yillarda u mehnat faxriysi sifatida jamoat ishlarida, yosh kadrlarni tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarda faol qatnashib kelgan.
"Taniqli davlat va jamoat arbobi, samimiy va kamtarin inson, yoshlarning mehribon ustozi Bahriddin Ro‘ziyevning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi", — deyiladi rasmiy hamdardlik matnida.
Skonchalsya vidayushiysya gosudarstvenniy deyatel Kallibek Kamalov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2026
Mirziyoyev Kallibek Kamalov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Yangiliklar lentasi
0