https://oz.sputniknews.uz/20261112/germany-komir-mazut-stantsiyalar-61964076.html
AES va Rossiya gazidan voz kechgan Germaniya ko‘mir va mazut stansiyalarini ishlatmoqchi — OAV
AES va Rossiya gazidan voz kechgan Germaniya ko‘mir va mazut stansiyalarini ishlatmoqchi — OAV
Sputnik O‘zbekiston
AESlarini yopgan va Rossiya gazidan voz kechgan Germaniya gaz tanqisligi xavfi tufayli ko‘mir stansiyalarini qayta ishga tushirishi mumkin. Berlin 2020-yilda ko‘mir energetikasidan voz kechish haqida qonun qabul qilgan edi.
2026-11-12T13:34+0500
2026-11-12T13:34+0500
2026-11-12T13:34+0500
dunyo yangiliklari
energetika
aes
gaz
iqtisod
ko‘mir mahsuloti
germaniya
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0c/61963698_0:34:640:394_1920x0_80_0_0_9871b641d079e30aecc584d947106cf5.jpg
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Germaniya hukumati gaz tanqisligi yuzaga kelgan taqdirda ko‘mir va mazutda ishlaydigan elektr stansiyalarini qayta ishga tushirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda "Handelsblatt" gazetasi o‘z ixtiyoridagi qonun loyihasiga tayangan holda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.Loyihaga ko‘ra, elektr stansiyalari operatorlari favqulodda holatlarga tayyor turishi va yoqilg‘i zaxirasini shakllantirishi shart bo‘ladi.Bu choralar 2026–2027 yillarda yopilishi rejalashtirilgan ayrim elektr stansiyalariga ham tatbiq etilishi mumkin.Rejaga ko‘ra, gaz tanqisligi yuzaga kelsa, elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mir va mazutdan ko‘proq foydalaniladi. Shu orqali tabiiy gazni aholi va sanoat korxonalari ehtiyojlari uchun tejab qolish ko‘zda tutilgan.Germaniya ko‘mirdan voz kechish qarorini qayta ko‘rib chiqaptimi?Mazkur tashabbus Germaniyaning so‘nggi yillardagi energetika siyosati fonida e’tiborga molik.Mamlakat 2023-yil 15-aprelda oxirgi uchta atom elektr stansiyasini yopgan. 2022-yildan esa Rossiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri quvurlar orqali gaz yetkazib berish to‘xtagan. Berlin Rossiya energiya resurslariga qaramlikni kamaytirish siyosatini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.Bundan tashqari, Germaniya 2019-yilda ko‘mir energetikasidan bosqichma-bosqich voz kechish yo‘lini belgilagan. Unga ko‘ra, mamlakat 2038-yil oxirigacha ko‘mirdan elektr energiyasi ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatishi kerak.Shu sababli zaxiradagi ko‘mir stansiyalarini qayta ishga tushirish Germaniyaning kam uglerodli energetikaga o‘tish siyosatiga vaqtinchalik zid kelishi mumkin.Gaz zaxiralari yetarlimi?Germaniyaning gaz omborlari 1-noyabr holatiga ko‘ra, taxminan 61 foizga to‘lgan. Bu belgilangan 70 foizlik maqsaddan past.11 noyabr kuni mamlakat hukumati favqulodda holatlar uchun 24 teravatt-soat hajmida strategik gaz zaxirasini tashkil etish qarorini ham qabul qildi.Yangi zaxirani shakllantirish xarajatlari gaz iste’molchilariga ham ta’sir qiladi. Hukumat bahosiga ko‘ra, bir kilovatt-soat gaz narxi 0,03–0,05 yevrotsentga oshishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260909/russia-gaz-france-sanoat-60309444.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0c/61963698_36:0:605:427_1920x0_80_0_0_8ba523899c2d05e35058f216feabf085.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, energetika, aes, gaz, iqtisod, ko‘mir mahsuloti, germaniya, dunyoda
dunyo yangiliklari, energetika, aes, gaz, iqtisod, ko‘mir mahsuloti, germaniya, dunyoda
AES va Rossiya gazidan voz kechgan Germaniya ko‘mir va mazut stansiyalarini ishlatmoqchi — OAV
AESlar deyarli uglerod chiqarmaydi, gaz esa havoni ko‘mirdan kamroq ifloslantiradi. Shunga qaramay, AES va Rossiya gazidan voz kechgan Germaniya ko‘mir va mazut stansiyalarini ishga tushirishi mumkin.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Germaniya hukumati gaz tanqisligi yuzaga kelgan taqdirda ko‘mir va mazutda ishlaydigan elektr stansiyalarini qayta ishga tushirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda "Handelsblatt" gazetasi o‘z ixtiyoridagi qonun loyihasiga tayangan holda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
RIA Novosti.
Loyihaga ko‘ra, elektr stansiyalari operatorlari favqulodda holatlarga tayyor turishi va yoqilg‘i zaxirasini shakllantirishi shart bo‘ladi.
Jumladan, ko‘mir stansiyalaridan to‘liq quvvat bilan 30 kun, mazutda ishlaydigan stansiyalardan esa 10 kun faoliyat yuritish uchun yetarli yoqilg‘i zaxirasini yaratish talab qilinishi mumkin.
Bu choralar 2026–2027 yillarda yopilishi rejalashtirilgan ayrim elektr stansiyalariga ham tatbiq etilishi mumkin.
Rejaga ko‘ra, gaz tanqisligi yuzaga kelsa, elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mir va mazutdan ko‘proq foydalaniladi. Shu orqali tabiiy gazni aholi va sanoat korxonalari ehtiyojlari uchun tejab qolish ko‘zda tutilgan.
Germaniya ko‘mirdan voz kechish qarorini qayta ko‘rib chiqaptimi?
Mazkur tashabbus Germaniyaning so‘nggi yillardagi energetika siyosati fonida e’tiborga molik.
Mamlakat 2023-yil 15-aprelda oxirgi uchta atom elektr stansiyasini yopgan. 2022-yildan esa Rossiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri quvurlar orqali gaz yetkazib berish to‘xtagan. Berlin Rossiya energiya resurslariga qaramlikni kamaytirish siyosatini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Bundan tashqari, Germaniya 2019-yilda ko‘mir energetikasidan bosqichma-bosqich voz kechish yo‘lini belgilagan. Unga ko‘ra, mamlakat 2038-yil oxirigacha ko‘mirdan elektr energiyasi ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatishi kerak.
Ko‘mir elektr energiyasi ishlab chiqarishda atmosferaga eng ko‘p uglerod chiqaradigan asosiy yoqilg‘i turlaridan biri hisoblanadi. Atom energetikasida elektr ishlab chiqarish jarayonida bunday chiqindilar deyarli bo‘lmaydi, tabiiy gazdan foydalanishda esa ular ko‘mirga nisbatan kamroq.
Shu sababli zaxiradagi ko‘mir stansiyalarini qayta ishga tushirish Germaniyaning kam uglerodli energetikaga o‘tish siyosatiga vaqtinchalik zid kelishi mumkin.
Gaz zaxiralari yetarlimi?
Germaniyaning gaz omborlari 1-noyabr holatiga ko‘ra, taxminan 61 foizga to‘lgan. Bu belgilangan 70 foizlik maqsaddan past.
11 noyabr kuni mamlakat hukumati favqulodda holatlar uchun 24 teravatt-soat hajmida strategik gaz zaxirasini tashkil etish qarorini ham qabul qildi.
Yangi zaxirani shakllantirish xarajatlari gaz iste’molchilariga ham ta’sir qiladi. Hukumat bahosiga ko‘ra, bir kilovatt-soat gaz narxi 0,03–0,05 yevrotsentga oshishi mumkin.