O‘zbekistonga 11,6 mln turist keldi — yetakchi beshta davlat ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga o‘n oyda 11,6 mln xorijlik turist keldi. Ularning asosiy qismi qo‘shni davlatlardan, Rossiyadan keluvchilar soni esa 1,1 mlndan oshdi.
2026 yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 11 622 103 nafar chet el fuqarosi tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,9 million nafarga yoki 19,4 foizga ko‘p. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Turistlarning asosiy qismi qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan jami 8,4 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan.
Rossiyadan kelgan turistlar soni esa 1,1 million nafardan oshdi. Bu 2025-yilning barcha 12 oyidagi ko‘rsatkichdan ham yuqori. O‘tgan yili Rossiyadan O‘zbekistonga 984,4 ming nafar turist kelgan edi.
Ushbu beshta davlat hissasiga O‘zbekistonga kelgan xorijlik turistlarning qariyb 86 foizi to‘g‘ri keladi.
Batafsil — Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0