https://oz.sputniknews.uz/20261111/uzbekistan-mamuriy-jazo-61924173.html
O‘zbekistonda 9 oyda 420 mingdan ortiq kishiga ma’muriy jazo qo‘llanildi
O‘zbekistonda 9 oyda 420 mingdan ortiq kishiga ma’muriy jazo qo‘llanildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2026-yilning 9 oyida 77 mingdan ortiq kishiga ma’muriy qamoq, 340 mingdan ziyodiga jarima jazosi tayinlandi. Oliy sud eng ko‘p uchragan huquqbuzarliklar, yarashuv holatlari va bekor qilingan qarorlar haqida ma’lumot berdi.
2026-11-11T12:07+0500
2026-11-11T12:07+0500
2026-11-11T12:15+0500
oliy sud
ma’muriy ish
jarima
qamoq
jamiyat
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/19/51487672_0:63:1200:738_1920x0_80_0_0_dab6a7be3fbffa852e978711bf9ec373.jpg
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 77 309 nafar shaxsga ma’muriy qamoq, 340 986 nafariga jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.Hisobot davrida tuman va shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarining tergov sudyalari 662 237 nafar shaxsga nisbatan 549 231 ta ma’muriy huquqbuzarlik ishini ko‘rib chiqqan. Jami 420 245 nafar shaxsga ma’muriy jazo qo‘llanilgan.Eng ko‘p uchragan huquqbuzarliklar:Ma’muriy huquqbuzarlik ishlarining katta qismi Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida ko‘rilgan.Sud qarorlarining qanchasi bekor qilingan?Apellyatsiya tartibida 1 496 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan qarorlar bekor qilingan, 2 495 nafar shaxsga oid qarorlar o‘zgartirilgan.Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida yana 187 nafar shaxsga nisbatan qarorlar bekor qilingan, 232 nafariga oid qarorlar o‘zgartirilgan.Qonunbuzilishlarga sabab bo‘lgan holatlarni bartaraf etish maqsadida 11 006 ta taqdimnoma kiritilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260804/mashina-tezlik-loyiha-59481519.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/19/51487672_67:0:1134:800_1920x0_80_0_0_0b0aa5d38bb63d2de671cdbe06305385.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oliy sud, ma’muriy ish, jarima, qamoq, jamiyat, toshkent
oliy sud, ma’muriy ish, jarima, qamoq, jamiyat, toshkent
O‘zbekistonda 9 oyda 420 mingdan ortiq kishiga ma’muriy jazo qo‘llanildi
12:07 11.11.2026 (yangilandi: 12:15 11.11.2026) O‘zbekiston sudlari 9 oyda 340 986 nafar shaxsga jarima, 77 309 nafariga ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan. 71 mingdan ortiq kishi yarashuv tufayli javobgarlikdan ozod etilgan
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 77 309 nafar shaxsga ma’muriy qamoq, 340 986 nafariga jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati
xabar berdi.
Hisobot davrida tuman va shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarining tergov sudyalari 662 237 nafar shaxsga nisbatan 549 231 ta ma’muriy huquqbuzarlik ishini ko‘rib chiqqan. Jami 420 245 nafar shaxsga ma’muriy jazo qo‘llanilgan.
Yarashuv munosabati bilan 71 450 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikdan ozod etilgan.
Eng ko‘p uchragan huquqbuzarliklar:
mayda bezorilik va haqorat qilish;
ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik;
litsenziyasiz yo‘lovchi tashish;
sovuq qurol yoki unga o‘xshash ashyolarni olib yurish;
elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzish;
savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish;
mast holda transport boshqarish;
yo‘l harakati qoidalarini buzib, yengil tan jarohati yoki moddiy zarar yetkazish;
jamoat joylarida alkogol iste’mol qilish.
Ma’muriy huquqbuzarlik ishlarining katta qismi Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida ko‘rilgan.
Sud qarorlarining qanchasi bekor qilingan?
Apellyatsiya tartibida 1 496 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan qarorlar bekor qilingan, 2 495 nafar shaxsga oid qarorlar o‘zgartirilgan.
Kassatsiya bosqichida esa 4 379 nafar shaxsga nisbatan qarorlar bekor qilinib, 2 347 nafariga oid qarorlar o‘zgartirilgan.
Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida yana 187 nafar shaxsga nisbatan qarorlar bekor qilingan, 232 nafariga oid qarorlar o‘zgartirilgan.
Qonunbuzilishlarga sabab bo‘lgan holatlarni bartaraf etish maqsadida 11 006 ta taqdimnoma kiritilgan.