Toshkent aeroportida xorijdan olib kirilgan telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

© Sputnik / Sgenerirovano IIOformlenie telefonov v aeroportu Tashkenta priostanovleno
Oformlenie telefonov v aeroportu Tashkenta priostanovleno - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2026
Obuna bo‘lish
Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xorijdan olib kirilayotgan telefonlarni rasmiylashtirish nima uchun vaqtincha to‘xtatilganini tushuntirdi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijdan olib kirilayotgan mobil telefonlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bunga IMEI kodlarini tekshirish va qurilmalar qonuniy olib kirilganini tasdiqlash bilan bog‘liq masalalar sabab bo‘lgan.
Qo‘mitaga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda telefonlarni bojsiz olib kirish imkoniyatidan noqonuniy foydalanishga urinishlar ko‘paygan.
Xususan, IMEI kodlarini soxtalashtirish, boshqa telefonlarga tegishli kodlardan foydalanish va bitta qurilma ma’lumotlari orqali bir nechta telefonni qonuniylashtirish holatlari aniqlangan.
Bojxona qo‘mitasi IMEI-1 va IMEI-2 kodlari aynan bitta qurilmaga tegishli ekanini, shuningdek, ulardan avval mobil tarmoqlarda foydalanilganini aniqlash maxsus bilim va tekshiruvlarni talab qilishini bildirdi.
Ta’kidlanishicha, qo‘mita tegishli idoralar bilan IMEI kodlarini tekshirish va telefonlarni rasmiylashtirishning yagona tartibini ishlab chiqish bo‘yicha choralar belgilagan.
Rasmiylashtirish jarayoni qisqa muddatlarda qayta yo‘lga qo‘yilishi bildirilgan, biroq aniq sana aytilmagan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan keltirilgan ayrim telefonlar 30 kungacha ekspertizaga olib qolinayotgani, ularni bir kun ichida rasmiylashtirish uchun esa qo‘shimcha to‘lov talab qilinayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Bojxona qo‘mitasi ushbu xabarlarga munosabat bildirgan bo‘lsa-da, 30 kunlik ekspertiza va tezlashtirilgan rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha to‘lovlar masalasiga alohida aniqlik kiritmagan.
Fuqarolar telefonlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish yuzasidan savollar yoki korrupsiya holatlari bo‘yicha qo‘mitaning kecha-kunduz ishlaydigan 11-08 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.
Zona tamojennogo kontrolya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2026
“Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030” strategiyasi tasdiqlandi: qanday yengilliklar belgilandi?
Yangiliklar lentasi
0