Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari Shilovka va Voskresenkani ozod qildi, harbiy obyektlarga zarba berdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRascheti RSZO "Grad" SVO vedut ogon agitatsionnimi snaradami po pozitsiyam VSU na Krasnolimanskom napravlenii
Rascheti RSZO Grad SVO vedut ogon agitatsionnimi snaradami po pozitsiyam VSU na Krasnolimanskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlari DXR va Zaporojye viloyatida ikki qishloqni ozod qildi. Uchta podstansiya va harbiy yukli kemaga zarba berildi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Rossiyaning "Markaz" qo‘shinlari guruhi Donesk Xalq Respublikasidagi Shilovkani, "Sharq" qo‘shinlari guruhi esa Zaporojye viloyatidagi Voskresenkani ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Shilovka Dobropolye yo‘nalishida joylashgan. Voskresenkaning ozod qilinishi esa Zaporojye viloyatidagi hujum harakatlarining davomi bo‘ldi.
Bundan avval, 9-noyabr kuni Rossiya qo‘shinlari Vasilkovoe aholi punktini ozod qilgan edi. Bu Barvinovka atrofidagi Ukraina bo‘linmalarini qanotlardan qamrab olish, ularning ta’minot yo‘llari va zaxira kuchlari yetib kelish yo‘nalishlarini to‘sish imkonini bergan.
Shuningdek, Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiy sanoat korxonalari faoliyatini ta’minlovchi energetika infratuzilmasi obyektlari hamda Ukraina armiyasi uchun harbiy yuk tashuvchi kemalarga dronlar bilan zarba berishni davom ettirdi.
Tungi zarbalar natijasida quyidagi obyektlar nishonga olindi:
Dnepropetrovsk viloyati: Krivoy Rogdagi 330 kV kuchlanishli elektr podstansiyasi;
Odessa viloyati: Mayaki va Usatovo aholi punktlaridagi 110 va 330 kV kuchlanishli ikkita elektr podstansiyasi;
Qora dengiz: Odessaning janubi-g‘arbida Ukraina armiyasi uchun qurol-yarog‘ va harbiy mol-mulk ortilgan quruq yuk tashuvchi kema.
Voyennoslujashie VS RF vo vremya proxojdeniya boyevoy podgotovki na odnom iz poligonov v zone spetsialnoy voyennoy operatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Nikolskoyeni ozod qildi, Vasilkovoe uchun jang tafsilotlari ochiqlandi
Yangiliklar lentasi
0