Mirziyoyev Antaliyada beshta uchrashuv o‘tkazdi — asosiy natijalar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev provel pat vstrech v ramkax sammita COP31 v Antalye
Mirziyoyev provel pat vstrech v ramkax sammita COP31 v Antalye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2026
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Antaliyada Gruziya prezidenti, Saudiya Arabistoni delegatsiyasi va xalqaro moliya hamda iqlim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni Antaliyadagi COP31 sammiti doirasida beshta uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yashil iqlim fondi ijrochi direktori Mafalda Duerte bilan Orolbo‘yini ekologik tiklash, “yashil” shaharlarni rivojlantirish va iqlim loyihalariga mablag‘ jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Fond bilan qo‘shma loyihalar portfeli 200 mln dollardan oshgan. Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga chidamli landshaftlarni yaratish bo‘yicha mintaqaviy dastur ma’qullangan.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan elektr infratuzilmasini modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, banklarni xususiylashtirish hamda Toshkent xalqaro moliya markazini ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev provel pat vstrech v ramkax sammita COP31 v Antalye
Mirziyoyev provel pat vstrech v ramkax sammita COP31 v Antalye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2026
Mirziyoyev provel pat vstrech v ramkax sammita COP31 v Antalye
O‘zbekiston olti yildan buyon YeTTBning mintaqadagi eng yirik moliyaviy hamkori bo‘lib kelmoqda. Loyihalar portfeli 7 mlrd dollardan oshgan, investitsiyalarning qariyb 60 foizi “yashil iqtisodiyot”ga yo‘naltirilgan.
Jahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibi Selesta Saulo bilan ob-havoni kuzatish tizimlarini takomillashtirish, iqlim o‘zgarishini monitoring qilish va ekstremal ob-havo hodisalariga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev provel pat vstrech v ramkax sammita COP31 v Antalye
Mirziyoyev provel pat vstrech v ramkax sammita COP31 v Antalye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2026
Mirziyoyev provel pat vstrech v ramkax sammita COP31 v Antalye
Ayniqsa, atmosfera monitoringi, qum va chang bo‘ronlarini oldindan prognoz qilish, havo sifatini yaxshilash hamda gidrometeorologiya infratuzilmasini modernizatsiya qilishga e’tibor qaratildi.
Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili bilan o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi, turizm va transport-tranzit sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s gruzinskim kollegoy Mixailom Kavelashvili
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s gruzinskim kollegoy Mixailom Kavelashvili - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2026
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s gruzinskim kollegoy Mixailom Kavelashvili
Ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi va qo‘shma korxonalar soni ortib borayotgani qayd etildi. O‘zbekistonda gruziyalik investorlar ishtirokida raqamli bank faoliyat yuritmoqda.
Saudiya Arabistoni vazirlari delegatsiyasi bilan “yashil” energetika, neft-gaz, neft-kimyo va tog‘-kon sanoatida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev provel pat vstrech v ramkax sammita COP31 v Antalye
Mirziyoyev provel pat vstrech v ramkax sammita COP31 v Antalye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2026
Mirziyoyev provel pat vstrech v ramkax sammita COP31 v Antalye
Shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud boshchiligidagi delegatsiya bilan muloqotda ikki mamlakat o‘rtasida yirik loyihalar portfeli shakllangani, uning asosiy qismi “yashil” energetikaga to‘g‘ri kelayotgani qayd etildi. Boshqa sanoat tarmoqlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.

Eslatib o‘tamiz, Antaliyada 9–20 noyabr kunlari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 31-konferensiyasi (COP31) bo‘lib o‘tmoqda. Unda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, ekologik muammolarga moslashish va iqlim moliyasi masalalari muhokama qilinmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni sammitning yalpi sessiyasida ishtirok etib, nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Visixayushee Aralskoe more - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2026
Orolni qutqarish jamg‘armasi uchun 3,3 mlrd dollarlik 133 ta loyiha tayyorlandi
Yangiliklar lentasi
0