Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

"Har bir qarich yerimiz qaytariladi": Medinskiyning muzokaralar yakunidagi bayonotlari

© Sputnik / Kristina Solovyova / Mediabankka o‘tishBrifing po itogam trexstoronnix peregovorov Rossii, SShA i Ukraini v Abu-Dabi
Brifing po itogam trexstoronnix peregovorov Rossii, SShA i Ukraini v Abu-Dabi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2026
Obuna bo‘lish
Vladimir Medinskiy Abu-Dabida hududiy masalalar, Yevropa xavfsizligi va asirlar almashinuvi bo‘yicha Rossiya pozitsiyasini bayon qildi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Rossiya o‘zining har bir qarich yerini qanday bo‘lmasin qaytarib oladi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi, Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Abu-Dabidagi uch tomonlama muzokaralar yakunlariga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qildi.
Medinskiyning boshqa bayonotlari:
Ukrainadagi nizo Yalta va Potsdam konferensiyalaridan keyin Yevropada shakllangan xavfsizlik tizimi samarasiz ishlayotganini ko‘rsatdi. Medinskiy buni kasal organizmga qiyoslab, Ukrainada esa shunchaki "yiringli yara yorilgani"ni ta’kidladi.
Ukrainadagi nizo muqarrar ravishda yakunlanganidan keyin nima bo‘lishi haqidagi masalani hozirdan muhokama qilish to‘g‘ri.
Dunyoga ayrim davlatlarning manfaatlariga putur yetkazmaydigan yangi, zamonaviy va adolatli xavfsizlik tizimi zarur.
Rossiya va Ukraina asirlarni yangi, keng ko‘lamli almashish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Uning aniq tafsilotlari yaqin orada e’lon qilinadi.
Rossiya Yevropa davlatlaridan birorta ham tinchlik tashabbusi yoki aniq tinchlik taklifini olmagan.
Rossiya delegatsiyasi Abu-Dabida Yevropa davlatlari vakillari bilan muloqot qilmagan. Ularning bu yerda qanday maqomda ekani ham tushunarsiz, chunki muzokaralar uch tomonlama formatda o‘tmoqda.
Rossiya Yevropada yangi, keng qamrovli va adolatli xavfsizlik tizimini yaratish zarurligi masalasini bir necha bor ko‘targan. Oradan yillar o‘tib, bu masala keng muhokama qilina boshladi va uni hal qilish zarurligi anglab yetildi.
Muzokaralarda gumanitar masalalar ham ko‘tarildi. Rossiya delegatsiyasining ayrim a’zolari bu masalalar bilan bevosita shug‘ullandi.
Trexstoronnie peregovori Rossii, SShA i Ukraini v Abu-Dabi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Abu-Dabida Rossiya, AQSh va Ukraina muzokaralarining birinchi kuni yakunlandi — natijalar
Yangiliklar lentasi
0