O‘zbekistonning zaxiralari 2,96 mlrd dollarga kamaydi, ammo oltin hajmi oshdi

Obuna bo‘lish
1 noyabr holatiga zaxiralar 63,625 mlrd dollarni tashkil etdi. Oltinning jismoniy hajmi esa 454 tonnaga yaqinlashdi.
2026 yilning 1-noyabr holatiga O‘zbekistonning xalqaro oltin-valyuta zaxiralari 63,625 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 1-oktabrga nisbatan 2,963 mlrd dollarga kam.
Zaxiralarning asosiy qismi oltindan iborat — 58,044 mlrd dollar. Uning qiymati bir oyda 2,041 mlrd dollarga pasaygan.
Oltinning jismoniy hajmi esa oshgan: 1-oktabrdagi 14,3 mln troy unsiyadan (taxminan 445 tonna) 1-noyabrda 14,6 mln troy unsiyaga (454 tonna) yetgan.
Xorijiy valyuta zaxiralari 5,012 mlrd dollarni tashkil etdi. Shundan 1,149 mlrd dollari qimmatli qog‘ozlarga to‘g‘ri keladi.
Yangiliklar lentasi
0