Sambo bo‘yicha jahon chempionati yakunlari: Rossiya birinchi, O‘zbekiston uchinchi bo‘ldi

© Mejdunarodnaya federatsiya samboNa chempionate mira po sambo sbornaya Uzbekistana zanyala tretye mesto
Na chempionate mira po sambo sbornaya Uzbekistana zanyala tretye mesto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentda o‘tgan sambo bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston 16 ta medal bilan uchinchi, Rossiya esa 25 ta medal bilan birinchi bo‘ldi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Toshkentda o‘tkazilgan sambo bo‘yicha 50-jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS) e’lon qilgan musobaqa natijalaridan ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston vakillari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni Rossiya terma jamoasi egalladi. Rossiyalik sportchilar 18 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza — jami 25 ta medal oldi.
Ikkinchi o‘rinni 5 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan Gruziya jamoasi egalladi.
O‘zbekistonlik chempion va sovrindorlar
Oltin medal:
Mavluda Abdullayeva — jangovar sambo, 88 kg dan yuqori;
O‘lmas Raiymov — ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasidagi sambo, 98 kg.
Kumush medal:
Isoqjon Abdurahmonov — ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasidagi sambo, 64 kg;
Charos Ortiqova — ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasidagi sambo, 50 kg;
Lutfilla Saydamatov — jangovar sambo, 58 kg;
Shahzoda Azatova — jangovar sambo, 59 kg;
Feruza Boboqulova — jangovar sambo, 65 kg.
Bronza medal:
Bahodir Boqiyev — jangovar sambo, 64 kg;
Nasiba Boboqulova — ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasidagi sambo, 59 kg;
Sanjar Ablakulov — sport sambosi, 88 kg;
Muxlisa Turdiyeva — sport sambosi, 80 kg;
Xudoyor Ibrohimov — sport sambosi, 98 kg;
Azizabegim Najimova — sport sambosi, 59 kg;
Shinar Ibrayeva — sport sambosi, 72 kg;
Islom Nosirov — jangovar sambo, 98 kg dan yuqori;
Farog‘at Nurmamatova — jangovar sambo, 54 kg.
Sambo bo‘yicha yubiley 50-jahon chempionati 6–8 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 101 mamlakat vakillari qatnashdi. Medallar sport sambosi, jangovar sambo hamda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi sportchilar o‘rtasidagi bahslarda topshirildi.
Uzbekistansi vpervie v istorii stali prizerami chempionata mira po strelkovomu sportu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2026
O‘zbekiston o‘q otish sporti bo‘yicha JChda “bronza”ga ega chiqdi
Yangiliklar lentasi
0