https://oz.sputniknews.uz/20261109/russia-vasilkovoe-ozod-61871501.html
Rossiya qo‘shinlari Vasilkovoyeni ozod qildi, Ukraina harbiy obyektlariga zarbalar berdi
Rossiya qo‘shinlari Vasilkovoyeni ozod qildi, Ukraina harbiy obyektlariga zarbalar berdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Zaporojye viloyatidagi Vasilkovoe aholi punktini ozod qildi. Dronlar zavodi, to‘rtta elektr podstansiyasi, harbiy yuk tashigan kema, lokomotivlar va Ukraina armiyasi ta’minotiga xizmat qiluvchi obyektlarga zarbalar berildi.
2026-11-09T16:41+0500
2026-11-09T16:41+0500
2026-11-09T16:41+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
odessa
zaporojye viloyati
dron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0f/58354372_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_9ed8a93f4112ab0437327fa76def921a.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiyaning “Sharq” qo‘shinlari guruhi Zaporojye viloyatidagi Vasilkovoe aholi punktini ozod qildi. Shuningdek, Ukrainadagi dronlar yig‘ish zavodi, harbiy infratuzilma obyektlari va qurol-yarog‘ tashigan kemaga zarbalar berildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.Rossiya qo‘shinlari Zaporojye yo‘nalishida Ukraina mudofaasining ichkarisiga siljishni davom ettirmoqda. Vasilkovoe aholi punkti Zaporojye shahrining sharqiy chekkasidan taxminan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan.Bundan tashqari, Rossiya Qurolli Kuchlari tun davomida Ukraina harbiy-sanoat majmuasi va Ukraina Qurolli Kuchlari obyektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi infratuzilmaga, zarbdor dronlarni ishlab chiqarish va saqlash joylariga hamda harbiy yuk tashuvchi kemalarga zarbalar berdi.Zarbalar natijasida quyidagi obyektlar nishonga olindi:Rossiya Mudofaa vazirligi e’lon qilgan yana bir videoda “Varag” brigadasining “Geran” hujumchi dronlari yordamida quyidagi obyektlarga zarba berish jarayoni aks etgan:
https://oz.sputniknews.uz/20261106/galaba-pushilin-61804893.html
zaporojye viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0f/58354372_250:0:2979:2047_1920x0_80_0_0_95f1dfeb066ed89fa225efa6ebcff278.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, odessa, zaporojye viloyati, dron
dunyo yangiliklari, dunyoda, odessa, zaporojye viloyati, dron
Rossiya qo‘shinlari Vasilkovoyeni ozod qildi, Ukraina harbiy obyektlariga zarbalar berdi
Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyatidagi Vasilkovoyeni ozod qildi. Shuningdek, Ukrainadagi dronlar zavodi, energetika obyektlari va harbiy yuk tashigan kemaga zarbalar berildi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiyaning “Sharq” qo‘shinlari guruhi Zaporojye viloyatidagi Vasilkovoe aholi punktini ozod qildi. Shuningdek, Ukrainadagi dronlar yig‘ish zavodi, harbiy infratuzilma obyektlari va qurol-yarog‘ tashigan kemaga zarbalar berildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi
xabar berdi.
Rossiya qo‘shinlari Zaporojye yo‘nalishida Ukraina mudofaasining ichkarisiga siljishni davom ettirmoqda. Vasilkovoe aholi punkti Zaporojye shahrining sharqiy chekkasidan taxminan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Bundan tashqari, Rossiya Qurolli Kuchlari tun davomida Ukraina harbiy-sanoat majmuasi va Ukraina Qurolli Kuchlari obyektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi infratuzilmaga, zarbdor dronlarni ishlab chiqarish va saqlash joylariga hamda harbiy yuk tashuvchi kemalarga zarbalar berdi.
Zarbalar natijasida quyidagi obyektlar nishonga olindi:
Poltava viloyatida — uzoq masofaga uchuvchi dronlar yig‘ilgan va saqlangan Globin zavodi;
Kiyev viloyatida — Belaya Serkov yaqinidagi elektr podstansiyasi;
Dnepropetrovsk viloyatida — Krivoy Rog yaqinidagi elektr podstansiyasi;
Cherkassi viloyatida — Cherkassi shahri yaqinidagi elektr podstansiyasi;
Vinnitsa viloyatida — temir yo‘llarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tortuvchi podstansiya.
Shuningdek, Qora dengizda Odessadan janubi-g‘arbda Ukraina Qurolli Kuchlari uchun qurol-yarog‘ va harbiy mol-mulk tashigan quruq yuk kemasiga zarba berildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi e’lon qilgan yana bir videoda “Varag” brigadasining “Geran” hujumchi dronlari yordamida quyidagi obyektlarga zarba berish jarayoni aks etgan:
330 kilovoltli yuqori kuchlanishli elektr podstansiyasi;
temir yo‘l lokomotivlari;
logistika markazi binosi;
Ukraina harbiy tuzilmalarini ta’minlash uchun foydalanilgan texnik ko‘rik va ta’mirlash punkti.