Misr ehromlari joylashgan viloyatda poyezdlar to‘qnashdi — 7 kishi halok bo‘ldi

© AP PhotoV Yegipte v rezultate stolknoveniya poyezdov pogibli 7 chelovek
V Yegipte v rezultate stolknoveniya poyezdov pogibli 7 chelovek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2026
Obuna bo‘lish
Misrda ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashdi. Hodisa ortidan deputatlar transport vazirining iste’fosini talab qildi. Ulardan biri avariyalar soni 64 foizga oshganini bildirdi
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Misrning Giza viloyatida ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashuvi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 125 kishi jarohatlandi. Hodisadan so‘ng mamlakat parlamenti deputatlari transport vazirining iste’fosini talab qildi. Bu haqda Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 8-noyabr kuni Giza — Fayyum yo‘nalishidagi poyezd Qohira — Asvon yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdning orqa qismiga kelib urilgan.
To‘qnashuv oqibatida bir nechta vagon relsdan chiqib ketgan. Halok bo‘lganlar orasida poyezd mashinisti ham bor.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 7 kishi halok bo‘lgan, 125 kishi jarohatlangan. Jabrlanganlarning 71 nafari tibbiy yordamdan so‘ng shifoxonalardan chiqarilgan.
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi fojia sabablarini zudlik bilan tekshirish va aybdorlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha topshiriq berdi.
Prokuratura hodisa yuzasidan tergov boshladi. Jumladan, birinchi poyezd nima sababdan to‘xtab qolgani va ikkinchi poyezd mashinisti ogohlantirish signalini olgan-olmagani o‘rganilmoqda.
Misr OAVlari xabar berishicha, parlament deputati Ixab Mansur so‘nggi besh yilda mamlakatda temir yo‘l hodisalari soni 64 foizga oshganini ma’lum qildi. U bu raqamni davlat statistika idorasi ma’lumotlariga tayanib keltirdi.
Deputat transport vazirligidan temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun ajratilgan milliardlab mablag‘lar qanday sarflangani haqida hisobot talab qildi.
Uning ta’kidlashicha, avariyalarning ko‘payishi transport tizimida jiddiy muammolar borligini ko‘rsatadi va mas’ul vazirning iste’fosini talab qiladi.
V mejdunarodnom aeroportu Manas v Kirgizstane proizoshla avariya s samoletom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2026
187 kishi bor samolyotda favqulodda holat: “Manas” aeroporti reyslarni to‘xtatdi
Yangiliklar lentasi
0