Xonandalar, aktorlar va sportchilarning reklamalari tekshirilmoqda — 12 bloger jazolandi

© Sputnik / Sgenerirovano IIV Uzbekistane proverayut reklamu znamenitostey
V Uzbekistane proverayut reklamu znamenitostey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2026
Obuna bo‘lish
Raqobat qo‘mitasi xonanda, aktor va sportchilar reklamalarini tekshirmoqda. Qonunni buzgan 12 bloger javobgarlikka tortildi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekistonda mashhur xonandalar, aktor va aktrisalar, shuningdek, sportchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalari muntazam tekshirilmoqda. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita taniqli shaxslarning alohida ro‘yxatini shakllantirib, ularning ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirayotgan reklama materiallari qonunchilik talablariga qanchalik muvofiqligini monitoring qilmoqda.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 110 nafar bloger ro‘yxati shakllantirilgan. Ularning sahifalaridagi reklamalar har kuni tekshirib borilmoqda.
Monitoring davomida 12 nafar bloger qonunchilik talablariga zid reklama joylashtirgani aniqlandi. Ularning barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.
Qo‘mita reklama beruvchilar, uni tayyorlovchilar va tarqatuvchilarni, jumladan, blogerlar hamda mashhur shaxslarni qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.
Xususan, reklamada haqqoniy va ishonchli ma’lumotlardan foydalanish, iste’molchilarni chalg‘ituvchi yoki tovar va xizmatlar haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otuvchi axborotlarni tarqatmaslik talab etiladi.
Raqobat qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar ustidan nazoratni yanada kuchaytirishini ma’lum qildi.
Lekarstvo v kapsulax.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2026
BADlarni bo‘rttirib reklama qilish qonunga zid — Raqobat qo‘mitasi ogohlantirdi
Yangiliklar lentasi
0