https://oz.sputniknews.uz/20261108/uzbekistan-gaz-neft-61835678.html
O‘zbekistonda 10-yilda gaz iste’moli 53%, neft iste’moli 75% oshdi — Eni
O‘zbekistonda 10-yilda gaz iste’moli 53%, neft iste’moli 75% oshdi — Eni
Sputnik O‘zbekiston
Eni hisobotida O‘zbekistonning 2015–2025 yillardagi energetika ko‘rsatkichlari taqqoslandi. Gaz iste’moli 53%, neft iste’moli 75% oshdi. Gaz qazib olish kamaydi, quyosh va shamol stansiyalari quvvati esa ikki baravardan ko‘p o‘sdi.
2026-11-08T13:55+0500
2026-11-08T13:55+0500
2026-11-08T13:58+0500
gaz
neft
elektr energiyasi
iqtisod
quyosh elektrstansiyasi
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/10/43893052_0:82:3349:1966_1920x0_80_0_0_809fec3004e52ed5444c533114a26f0b.jpg
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yilda tabiiy gaz iste’moli 53 foizga oshdi, qazib olish esa 14 foizga kamaydi. Natijada mamlakatda gaz iste’moli ichki qazib olish hajmidan sezilarli darajada oshib ketdi. Bu Italiyaning Eni energetika kompaniyasi e’lon qilgan World Energy Review 2026 hisoboti ma’lumotlaridan kelib chiqadi.Gaz qazib olish va iste’mol qanday o‘zgardi?2015 yilda O‘zbekiston 46,55 mlrd kub metr gaz qazib olgan, ichki iste’mol esa 35,4 mkrd kub metrni tashkil etgan. Ya’ni qazib olish iste’moldan 11,15 mkrd kub metrga ko‘p bo‘lgan.Shu bilan birga, 2025-yilning o‘zida gaz qazib olish 2024-yilga nisbatan 2,4 foizga ko‘paygan. Biroq u hali ham o‘n yil avvalgi darajadan past.Gaz iste’moli o‘sishini faqat aholi sonining ko‘payishi bilan izohlab bo‘lmaydi. 2015–2025 yillarda O‘zbekiston aholisi 30,7 milliondan 37,1 millionga yetgan. Aholi jon boshiga hisoblangan umumiy gaz iste’moli esa yiliga taxminan 1151 kub metrdan 1466 kub metrgacha oshgan. Bu ko‘rsatkich sanoat va boshqa sohalarda ishlatilgan gazni ham o‘z ichiga oladi.Gaz importi va eksporti2025 yilda O‘zbekiston 19,88 milliard kub metr tabiiy gaz import qildi. Shu davrda eksport 5,72 milliard kub metrni tashkil etdi.Taqqoslash uchun, 2015-yilda O‘zbekiston 10,22 mlrd kub metr gaz eksport qilgan. O‘n yilda eksport hajmi qariyb 44 foizga qisqargan.O‘zbekiston 2025-yilda Markaziy Osiyodagi eng yirik gaz iste’molchisi va importchisi bo‘ldi. Mintaqa gaz importining taxminan 76 foizi mamlakat hissasiga to‘g‘ri keldi.Neft iste’moli ham sezilarli oshdiGaz bilan bir qatorda O‘zbekistonda neft va neft mahsulotlariga bo‘lgan talab ham o‘sdi.Qazib olish esa bu davrda ancha sekin o‘sgan: kuniga 66 ming barreldan 81 ming barrelga, ya’ni qariyb 23 foizga.Natijada 2015-yilda neft qazib olish hajmi iste’molning 79 foiziga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda bu nisbat 55 foizgacha pasaygan.Bu ko‘rsatkichlar neft va neft mahsulotlarining umumiy balansiga taalluqli bo‘lib, faqat avtomobil benzini iste’molini anglatmaydi.Elektr energetikasida qanday o‘zgarishlar bor?Gaz va neft iste’moli o‘sishi bilan bir vaqtda O‘zbekistonda quyosh va shamol energetikasi ham jadal rivojlanmoqda.Shamol elektr stansiyalarining quvvati esa 501 MVtdan 1652 MVtgacha oshdi.Shunday qilib, quyosh va shamol stansiyalarining umumiy quvvati bir yilda ikki baravardan ko‘proq o‘sib, 7586 MVtga yetgan.Biroq o‘rnatilgan quvvat elektr energiyasining amalda ishlab chiqarilgan hajmini anglatmaydi. Shuningdek, muqobil energetikaning kengayishi tabiiy gazga bo‘lgan talab darhol kamayishini bildirmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20261030/gaz-neft-komir-61621645.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/10/43893052_310:0:3041:2048_1920x0_80_0_0_6789a59492ae504e07a10e484963ce4a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
gaz, neft, elektr energiyasi, iqtisod, quyosh elektrstansiyasi, o‘zbekiston
gaz, neft, elektr energiyasi, iqtisod, quyosh elektrstansiyasi, o‘zbekiston
O‘zbekistonda 10-yilda gaz iste’moli 53%, neft iste’moli 75% oshdi — Eni
13:55 08.11.2026 (yangilandi: 13:58 08.11.2026) Eni hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda gaz iste’moli 10-yilda 53 foizga, neft iste’moli 75 foizga oshdi. Gaz qazib olish esa 14 foizga kamaydi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yilda tabiiy gaz iste’moli 53 foizga oshdi, qazib olish esa 14 foizga kamaydi. Natijada mamlakatda gaz iste’moli ichki qazib olish hajmidan sezilarli darajada oshib ketdi. Bu Italiyaning Eni energetika kompaniyasi e’lon qilgan World Energy Review 2026 hisoboti ma’lumotlaridan
kelib chiqadi.
Gaz qazib olish va iste’mol qanday o‘zgardi?
2015 yilda O‘zbekiston 46,55 mlrd kub metr gaz qazib olgan, ichki iste’mol esa 35,4 mkrd kub metrni tashkil etgan. Ya’ni qazib olish iste’moldan 11,15 mkrd kub metrga ko‘p bo‘lgan.
2025 yilda vaziyat aksincha tus oldi. Mamlakatda 40,16 mlrd kub metr gaz qazib olindi, iste’mol esa 54,32 mlrd kub metrga yetdi. Natijada iste’mol qazib olishdan 14,16 mlrd kub metrga oshib ketdi.
Shu bilan birga, 2025-yilning o‘zida gaz qazib olish 2024-yilga nisbatan 2,4 foizga ko‘paygan. Biroq u hali ham o‘n yil avvalgi darajadan past.
Gaz iste’moli o‘sishini faqat aholi sonining ko‘payishi bilan izohlab bo‘lmaydi. 2015–2025 yillarda O‘zbekiston aholisi 30,7 milliondan 37,1 millionga yetgan. Aholi jon boshiga hisoblangan umumiy gaz iste’moli esa yiliga taxminan 1151 kub metrdan 1466 kub metrgacha oshgan. Bu ko‘rsatkich sanoat va boshqa sohalarda ishlatilgan gazni ham o‘z ichiga oladi.
2025 yilda O‘zbekiston 19,88 milliard kub metr tabiiy gaz import qildi. Shu davrda eksport 5,72 milliard kub metrni tashkil etdi.
Shunday qilib, import qilingan gaz hajmi eksportdan 14,16 mlrd kub metrga ko‘p bo‘ldi. Bu ichki iste’mol va qazib olish o‘rtasidagi farqqa teng.
Taqqoslash uchun, 2015-yilda O‘zbekiston 10,22 mlrd kub metr gaz eksport qilgan. O‘n yilda eksport hajmi qariyb 44 foizga qisqargan.
O‘zbekiston 2025-yilda Markaziy Osiyodagi eng yirik gaz iste’molchisi va importchisi bo‘ldi. Mintaqa gaz importining taxminan 76 foizi mamlakat hissasiga to‘g‘ri keldi.
Neft iste’moli ham sezilarli oshdi
Gaz bilan bir qatorda O‘zbekistonda neft va neft mahsulotlariga bo‘lgan talab ham o‘sdi.
2015 yilda mamlakatda kunlik neft iste’moli 84 ming barrelni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich 147 ming barrelga yetdi. O‘sish — 75 foiz.
Qazib olish esa bu davrda ancha sekin o‘sgan: kuniga 66 ming barreldan 81 ming barrelga, ya’ni qariyb 23 foizga.
Natijada 2015-yilda neft qazib olish hajmi iste’molning 79 foiziga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda bu nisbat 55 foizgacha pasaygan.
Bu ko‘rsatkichlar neft va neft mahsulotlarining umumiy balansiga taalluqli bo‘lib, faqat avtomobil benzini iste’molini anglatmaydi.
Elektr energetikasida qanday o‘zgarishlar bor?
Gaz va neft iste’moli o‘sishi bilan bir vaqtda O‘zbekistonda quyosh va shamol energetikasi ham jadal rivojlanmoqda.
2025 yilda quyosh elektr stansiyalarining umumiy o‘rnatilgan quvvati 5934 MVtga yetdi. Bu 2024-yilga nisbatan 86 foizga ko‘p.
Shamol elektr stansiyalarining quvvati esa 501 MVtdan 1652 MVtgacha oshdi.
Shunday qilib, quyosh va shamol stansiyalarining umumiy quvvati bir yilda ikki baravardan ko‘proq o‘sib, 7586 MVtga yetgan.
Biroq o‘rnatilgan quvvat elektr energiyasining amalda ishlab chiqarilgan hajmini anglatmaydi. Shuningdek, muqobil energetikaning kengayishi tabiiy gazga bo‘lgan talab darhol kamayishini bildirmaydi.