Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Yirik homiylarida Ukrainadan charchoq sezilmoqda: 7 mlrd yevro yetishmayapti — OAV

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishGosudarstvennie flagi Ukraini i flagi s simvolikoy Yevrosoyuza
Gosudarstvennie flagi Ukraini i flagi s simvolikoy Yevrosoyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2026
Obuna bo‘lish
NATOning ayrim yirik donorlarida Ukrainaga harbiy yordamni moliyalashtirishdan charchoq sezilmoqda. 2026-yilgi rejani bajarish uchun yana 7 mlrd yevro zarur.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. NATOning ayrim yirik donorlarida Ukrainaga harbiy yordamni qayta-qayta moliyalashtirishdan charchoq sezilmoqda. Alyans davlatlari 2026-yil uchun va’da qilingan mablag‘ning 7 mlrd yevrosini hali ta’minlay olmagan. Bu haqda uch nafar NATO diplomatiga tayanib, Politico xabar berdi.
2026 yil iyulida NATOga a’zo 32 davlat Ukrainaga joriy yilda 70 mlrd yevro miqdorida harbiy texnika, yordam va tayyorgarlik ajratish, 2027-yilda ham kamida shuncha miqdorda qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishgan.
Biroq yil tugashiga ikki oydan kam vaqt qolganida rejalashtirilgan mablag‘ning qariyb 10 foizi ta’minlanmagan.
Alyans diplomatlaridan biri Ukrainaga qayta-qayta harbiy yordam paketlarini moliyalashtirgan eng yirik donorlarda "ma’lum darajada charchoq" paydo bo‘lganini ta’kidlagan.
Germaniya, Niderlandiya va Shimoliy Yevropa mamlakatlari boshqa ittifoqchilarni moliyalashtirishda faolroq ishtirok etishga chaqirmoqda.
7 mlrd yevro nima uchun muhim?
Mablag‘ yetishmasligi Kiyevning qishda havo hujumlaridan himoyalanish uchun zarur qurol-yarog‘ va harbiy uskunalarni xarid qilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Moliyaviy kamomadning bir qismi PURL dasturiga to‘g‘ri keladi. Ushbu mexanizm orqali Yevropa davlatlari Ukraina uchun AQShda ishlab chiqarilgan qurollarni, jumladan Patriot havo mudofaa tizimlari raketalarini sotib oladi.
Dastur doirasida hali moliyalashtirilmagan yetkazib berishlar qiymati taxminan 1,9 mlrd dollarni tashkil etadi.
NATO bosh kotibi Mark Rutte 2026-yil yakuniga qadar PURL orqali 15 mlrd dollar jalb qilishni maqsad qilgan. Biroq ayrim diplomatlar bu ko‘rsatkichga erishish imkoniyatiga shubha bildirmoqda.
Rossiyskiy voyennoslujashiy na blokpostu na vyezde v naselenniy punkt v Xarkovskoy oblasti v zone provedeniya spetsialnoy voyennoy operatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Yevropa Ukraina mojarosida Rossiya g‘alabasini anglamoqda – Yevroparlament deputati
Yangiliklar lentasi
0