https://oz.sputniknews.uz/20261108/russia-ukraine-zarba-61838509.html
Rossiya Ukraina harbiy infratuzilmasi va qurol tashuvchi kemaga zarba berdi
Rossiya Ukraina harbiy infratuzilmasi va qurol tashuvchi kemaga zarba berdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Qurolli Kuchlari Ukraina harbiy sanoatini elektr bilan ta’minlagan podstansiya va Qora dengizda qurol tashigan kemaga zarba berdi. Shuningdek, 141 hududda o‘q-dori omborlari va dron ishlab chiqarish obyektlari nishonga olindi
2026-11-08T17:07+0500
2026-11-08T17:07+0500
2026-11-08T17:07+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
qora dengiz
odessa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1b/58636883_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_e73a09bb5b873dcd33668637f7ca4c3f.jpg
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlari Ukrainaning harbiy sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlagan podstansiyaga hamda qurol-yarog‘ va harbiy yuklarni tashishda foydalanilgan dengiz kemasiga zarbalar berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.8 noyabrga o‘tar kechasi uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida Jitomir viloyatining Beloshitsi aholi punkti yaqinidagi 330 kV kuchlanishli elektr podstansiyasiga zarba berildi. Ushbu obyekt Ukraina harbiy sanoati korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlab kelgan.Rossiya qo‘shinlari Ukraina QK manfaatlari yo‘lida foydalanilayotgan yoqilg‘i-energetika, transport va logistika infratuzilmasiga zarbalar berishni davom ettirmoqda.141 ta hududdagi harbiy obyektlarga zarbalarRossiya Qurolli Kuchlarining tezkor-taktik aviatsiyasi, zarbdor uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi tomonidan quyidagi obyektlarga zarbalar berildi:Zarbalar jami 141 ta hududdagi nishonlarga berildi.Bundan bir kun avval Kiyev viloyatida Ukraina QK bo‘linmalarini yoqilg‘i bilan ta’minlash uchun foydalanilgan benzin tashuvchi mashinalar, shuningdek, harbiy sanoat korxonalariga elektr energiyasi yetkazib bergan 330 kV kuchlanishli "Severnaya" podstansiyasi ham nishonga olingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20261105/russia-ukraine-zarba-61771206.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1b/58636883_161:0:1121:720_1920x0_80_0_0_ea4022e564e7830494b86018b2f25615.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, qora dengiz, odessa
dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, qora dengiz, odessa
Rossiya Ukraina harbiy infratuzilmasi va qurol tashuvchi kemaga zarba berdi
Ukrainaning Jitomir viloyatida 330 kV podstansiya, Odessa yaqinida qurol tashigan kema nishonga olindi. 141 hududda zarbalar berildi
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlari Ukrainaning harbiy sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlagan podstansiyaga hamda qurol-yarog‘ va harbiy yuklarni tashishda foydalanilgan dengiz kemasiga zarbalar berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi
xabar berdi.
8 noyabrga o‘tar kechasi uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida Jitomir viloyatining Beloshitsi aholi punkti yaqinidagi 330 kV kuchlanishli elektr podstansiyasiga zarba berildi. Ushbu obyekt Ukraina harbiy sanoati korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlab kelgan.
Shuningdek, Qora dengizda Odessadan janubi-g‘arbda Ukrainaga qurol-yarog‘ va boshqa harbiy mulklarni yetkazib berayotgan konteyner tashuvchi kema nishonga olindi.
Rossiya qo‘shinlari Ukraina QK manfaatlari yo‘lida foydalanilayotgan yoqilg‘i-energetika, transport va logistika infratuzilmasiga zarbalar berishni davom ettirmoqda.
141 ta hududdagi harbiy obyektlarga zarbalar
Rossiya Qurolli Kuchlarining tezkor-taktik aviatsiyasi, zarbdor uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi tomonidan quyidagi obyektlarga zarbalar berildi:
Ukraina QKning o‘q-dori omborlari;
harbiy maqsadlarda foydalanilayotgan energetika, transport va logistika obyektlari;
uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish sexlari va saqlash joylari;
yer usti robotlashtirilgan majmualarini ishlab chiqarish va saqlash obyektlari;
Ukraina qurolli tuzilmalari hamda xorijiy yollanma askarlarning vaqtinchalik joylashuv punktlari.
Zarbalar jami 141 ta hududdagi nishonlarga berildi.
Bundan bir kun avval Kiyev viloyatida Ukraina QK bo‘linmalarini yoqilg‘i bilan ta’minlash uchun foydalanilgan benzin tashuvchi mashinalar, shuningdek, harbiy sanoat korxonalariga elektr energiyasi yetkazib bergan 330 kV kuchlanishli "Severnaya" podstansiyasi ham nishonga olingan edi.