https://oz.sputniknews.uz/20261108/poland-otishma-motam-61830951.html
Polshadagi ommaviy otishmada 6 kishi halok bo‘ldi — umummilliy motam e’lon qilindi
Polshadagi ommaviy otishmada 6 kishi halok bo‘ldi — umummilliy motam e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Polshada 8–9 noyabr kunlari umummilliy motam e’lon qilindi. Krakovda qurolli shaxs odamlarga qarata o‘q uzib, olti kishini o‘ldirdi. Jarohatlanganlar orasida Rossiya fuqarosi ham bor. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi.
2026-11-08T10:39+0500
2026-11-08T10:39+0500
2026-11-08T10:42+0500
favqulodda holat
o‘q otish
otishma
halok bo‘ldi
yevropa
dunyo yangiliklari
terror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/08/61830364_0:86:960:626_1920x0_80_0_0_fe5854ac69e1a8e1604b2eed53a9d799.jpg
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Polshada Krakov shahridagi ommaviy otishmadan so‘ng 8–9 noyabr kunlari umummilliy motam e’lon qilindi. Hujum oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Prezident Karol Navroskiy 7-noyabr kuni kechqurun motam e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Mamlakat bo‘ylab davlat bayroqlari tushiriladi, ommaviy axborot vositalari o‘z dasturlarini motam kunlariga moslashtiradi. Krakov shahrida esa motam 11-noyabrgacha davom etadi.Krakovda nima sodir bo‘ldi?7 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 (Toshkent vaqti bilan 19.00 - tahr.) atrofida qurollangan shaxs Krakovning tarixiy markazidagi Bosh bozor maydoniga avtomobil bilan kirib, yo‘lovchilarga qarata o‘q uzgan.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 16 kishi jarohatlangan. Ular orasida ikki nafar politsiya xodimi ham bor. Jarohat olgan xorijliklar orasida Rossiya, Avstriya, Germaniya, Portugaliya va Buyuk Britaniya fuqarolari borligi aniqlangan.Hujum vaqtida 1-yo‘nalishdagi tramvayga ham o‘q tekkan. Mashinist kabinasining oynasi singan, biroq tramvaydagi yo‘lovchilar jabrlanmagan.Hujumchi qanday qo‘lga olindi?Politsiya gumonlanuvchini hodisa haqida birinchi xabar kelganidan uch daqiqa o‘tib qurolli to‘qnashuvda yaralagan va qo‘lga olgan.Hujumchi 24 yoshli Polsha fuqarosi ekani aniqlangan. U harbiy uslubdagi kiyimda bo‘lgan va AR-15 turidagi miltiqdan foydalangan. Avtomobilidan boshqa qurollar va ko‘p miqdorda o‘q-dorilar topilgan.Gumonlanuvchi politsiya bilan otishmada jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.Gumonlanuvchining uyidan yana uchta jasad topildiPolsha bosh vaziri Donald Tuskning ma’lum qilishicha, Krakovdan qariyb 200 kilometr uzoqlikdagi Ostroves-Sventokshiski shahrida gumonlanuvchining uyidan ikki ayol va bir erkakning jasadi topilgan.Uyda qurollar bo‘lishi ehtimoli tufayli binoga kirishdan oldin dron yordamida tekshiruv o‘tkazilgan. Atrofdagi aholi evakuatsiya qilingan.Hujum sabablari o‘rganilmoqdaPolsha bosh vaziri Donald Tusk voqeani terrorchilik harakati deb atadi.Ichki ishlar vaziri Marchin Kervinskiyning bildirishicha, dastlabki ma’lumotlar gumonlanuvchi o‘ta o‘ng radikal g‘oyalar ta’sirida bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Biroq hujumning aniq sabablari hali tergov jarayonida o‘rganilmoqda.Tekshiruvga politsiya bilan birga Polsha Ichki xavfsizlik agentligi va Harbiy kontrrazvedka xizmati ham jalb etilgan.Hodisadan so‘ng Varshavada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Poytaxtning odamlar gavjum hududlarida qo‘shimcha to‘siqlar o‘rnatilib, nazorat kuchaytirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260426/tramp-tadbir-otishma-57154507.html
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/08/61830364_54:0:907:640_1920x0_80_0_0_830d3519fcc05f42cb30bc15ef46834a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
favqulodda holat, o‘q otish, otishma, halok bo‘ldi, yevropa, dunyo yangiliklari, terror
favqulodda holat, o‘q otish, otishma, halok bo‘ldi, yevropa, dunyo yangiliklari, terror
Polshadagi ommaviy otishmada 6 kishi halok bo‘ldi — umummilliy motam e’lon qilindi
10:39 08.11.2026 (yangilandi: 10:42 08.11.2026) Krakov markazidagi otishmada olti kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohat oldi. Gumonlanuvchining uyidan yana uch kishining jasadi topildi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Polshada Krakov shahridagi ommaviy otishmadan so‘ng 8–9 noyabr kunlari umummilliy motam e’lon qilindi. Hujum oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Prezident Karol Navroskiy 7-noyabr kuni kechqurun motam e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Mamlakat bo‘ylab davlat bayroqlari tushiriladi, ommaviy axborot vositalari o‘z dasturlarini motam kunlariga moslashtiradi. Krakov shahrida esa motam 11-noyabrgacha davom etadi.
Krakovda nima sodir bo‘ldi?
7 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 (Toshkent vaqti bilan 19.00 - tahr.) atrofida qurollangan shaxs Krakovning tarixiy markazidagi Bosh bozor maydoniga avtomobil bilan kirib, yo‘lovchilarga qarata o‘q uzgan.
Hujum oqibatida to‘rt ayol va ikki erkak halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida Buyuk Britaniya fuqarosi ham bor.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 16 kishi jarohatlangan. Ular orasida ikki nafar politsiya xodimi ham bor. Jarohat olgan xorijliklar orasida Rossiya, Avstriya, Germaniya, Portugaliya va Buyuk Britaniya fuqarolari borligi aniqlangan.
Hujum vaqtida 1-yo‘nalishdagi tramvayga ham o‘q tekkan. Mashinist kabinasining oynasi singan, biroq tramvaydagi yo‘lovchilar jabrlanmagan.
Hujumchi qanday qo‘lga olindi?
Politsiya gumonlanuvchini hodisa haqida birinchi xabar kelganidan uch daqiqa o‘tib qurolli to‘qnashuvda yaralagan va qo‘lga olgan.
Hujumchi 24 yoshli Polsha fuqarosi ekani aniqlangan. U harbiy uslubdagi kiyimda bo‘lgan va AR-15 turidagi miltiqdan foydalangan. Avtomobilidan boshqa qurollar va ko‘p miqdorda o‘q-dorilar topilgan.
Gumonlanuvchi politsiya bilan otishmada jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Gumonlanuvchining uyidan yana uchta jasad topildi
Polsha bosh vaziri Donald Tuskning ma’lum qilishicha, Krakovdan qariyb 200 kilometr uzoqlikdagi Ostroves-Sventokshiski shahrida gumonlanuvchining uyidan ikki ayol va bir erkakning jasadi topilgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ular gumonlanuvchining yaqin oila a’zolari bo‘lishi mumkin. Hozircha ularning o‘limi qanday holatda sodir bo‘lgani aniqlanmagan.
Uyda qurollar bo‘lishi ehtimoli tufayli binoga kirishdan oldin dron yordamida tekshiruv o‘tkazilgan. Atrofdagi aholi evakuatsiya qilingan.
Hujum sabablari o‘rganilmoqda
Polsha bosh vaziri Donald Tusk voqeani terrorchilik harakati deb atadi.
Ichki ishlar vaziri Marchin Kervinskiyning bildirishicha, dastlabki ma’lumotlar gumonlanuvchi o‘ta o‘ng radikal g‘oyalar ta’sirida bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Biroq hujumning aniq sabablari hali tergov jarayonida o‘rganilmoqda.
Tekshiruvga politsiya bilan birga Polsha Ichki xavfsizlik agentligi va Harbiy kontrrazvedka xizmati ham jalb etilgan.
Hodisadan so‘ng Varshavada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Poytaxtning odamlar gavjum hududlarida qo‘shimcha to‘siqlar o‘rnatilib, nazorat kuchaytirildi.