https://oz.sputniknews.uz/20261108/bekobodda-ozmetkombinat-reportaj-61842503.html
Bekobodda po‘lat qanday ishlab chiqariladi — "O‘zmetkombinat"dan reportaj
Bekobodda po‘lat qanday ishlab chiqariladi — "O‘zmetkombinat"dan reportaj
Sputnik O‘zbekiston
Bekoboddagi "O‘zmetkombinat"ning yangi quyuv-prokatlash majmuasida po‘lat qanday ishlab chiqariladi? 120 metrli tunnel pech, yiliga 1 million tonna mahsulot quvvati, yosh mutaxassislar va Rossiya bilan ta’lim hamkorligi — videoreportajda.
2026-11-08T21:19+0500
2026-11-08T21:19+0500
2026-11-08T21:21+0500
iqtisod
rossiya
video
o‘zbekiston
korxona
bekobod tumani
metallurgiya
metallom
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/08/61842337_48:0:1852:1015_1920x0_80_0_0_9871581ac2eb6838726af19a781f7661.jpg
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Bekoboddagi "O‘zmetkombinat"da po‘lat qanday eritilishi va listga aylantirilishi Sputnik videolavhasida ko‘rsatildi. Korxonadagi yangi quyuv-prokatlash majmuasi 2026-yil iyulida ishga tushirilgan.Majmua to‘liq quvvatga chiqqach, yiliga 1 million tonna, 8 trln so‘mlik issiq prokatlangan po‘lat list ishlab chiqarishi va 1200 ta ish o‘rni yaratishi kutilmoqda. Mahsulot Toshkent va Samarqand metallurgiya zavodlarining ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan.Avvalo metall elektr yoyli pechda eritiladi, so‘ng maxsus agregatda uning kimoviy tarkibi belgilangan meyorga yetkaziladi. Vakuum-degazatorda gazlardan tozalangan po‘lat uzluksiz quyish uskunasida slyab — yarim tayyor mahsulotga aylantiriladi. U keyin qizdirilib, prokatlash dastgohiga uzatiladi.Bu texnologiya mashinasozlik va avtomobilsozlik uchun zarur bo‘lgan turli xil kam uglerodli po‘lat ishlab chiqarish imkonini beradi.Bekobodlik 30 yoshli mutaxassis Moskva po‘lat va qotishmalar institutida o‘qigan. Faoliyatini ta’mirlovchi chilangar sifatida boshlab, yangi majmuada uchastka boshlig‘igacha ko‘tarilgan.Kombinat kadrlar tayyorlash uchun 10 ta oliygoh bilan memorandum imzolagan. Rossiyaning Perm politexnika universiteti bilan kelishuvda esa xodimlarni masofaviy o‘qitish uchun 500 ta grant ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260119/uzmetkombinat-yangi-majmua-54969383.html
o‘zbekiston
bekobod tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/08/61842337_273:0:1626:1015_1920x0_80_0_0_27fc48cb8467d3cad9e3736ae707f522.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, rossiya, video, o‘zbekiston, korxona, bekobod tumani, metallurgiya, metallom
iqtisod, rossiya, video, o‘zbekiston, korxona, bekobod tumani, metallurgiya, metallom
Bekobodda po‘lat qanday ishlab chiqariladi — "O‘zmetkombinat"dan reportaj
21:19 08.11.2026 (yangilandi: 21:21 08.11.2026) Eksklyuziv
Bekoboddagi "O‘zmetkombinat"da po‘lat 120 metrli tunnel pechda qizdiriladi. Yangi majmua ishi va mutaxassislar haqida — videoda.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Bekoboddagi "O‘zmetkombinat"da po‘lat qanday eritilishi va listga aylantirilishi
Sputnik videolavhasida ko‘rsatildi. Korxonadagi yangi quyuv-prokatlash majmuasi 2026-yil iyulida ishga tushirilgan.
Majmua to‘liq quvvatga chiqqach, yiliga 1 million tonna, 8 trln so‘mlik issiq prokatlangan po‘lat list ishlab chiqarishi va 1200 ta ish o‘rni yaratishi kutilmoqda. Mahsulot Toshkent va Samarqand metallurgiya zavodlarining ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan.
Avvalo metall elektr yoyli pechda eritiladi, so‘ng maxsus agregatda uning kimoviy tarkibi belgilangan meyorga yetkaziladi. Vakuum-degazatorda gazlardan tozalangan po‘lat uzluksiz quyish uskunasida slyab — yarim tayyor mahsulotga aylantiriladi. U keyin qizdirilib, prokatlash dastgohiga uzatiladi.
Bu texnologiya mashinasozlik va avtomobilsozlik uchun zarur bo‘lgan turli xil kam uglerodli po‘lat ishlab chiqarish imkonini beradi.
"Yonimizda uzunligi 120 metr bo‘lgan tunnel pechi joylashgan. U beshta zonadan iborat. Har birida haroratni alohida sozlashimiz mumkin", — dedi uchastka boshlig‘i Erkinjon Mamatqulov.
Bekobodlik 30 yoshli mutaxassis Moskva po‘lat va qotishmalar institutida o‘qigan. Faoliyatini ta’mirlovchi chilangar sifatida boshlab, yangi majmuada uchastka boshlig‘igacha ko‘tarilgan.
Kombinat kadrlar tayyorlash uchun 10 ta oliygoh bilan memorandum imzolagan. Rossiyaning Perm politexnika universiteti bilan kelishuvda esa xodimlarni masofaviy o‘qitish uchun 500 ta grant ko‘zda tutilgan.