Kimoterapiya emas, bioterapiya: Shahlo Turdiqulova saratonni davolash haqida

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbek olimlari ko‘krak bezi va oshqozon saratoniga qarshi bioterapevtik preparatlar yaratish ustida ish olib bormoqda.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor, Butunjahon fanlar akademiyasining (TWAS) Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha 2027–2028 yillardagi vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova Sputnik muxbiriga bergan intervyusida mamlakat ilm-fanining ustuvor yo‘nalishlari, o‘zbek olimlarining xalqaro miqyosdagi yutuqlari va biotexnologiya sohasidagi yangi loyihalar haqida so‘zlab berdi.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston olimlari oldida nafaqat mamlakatning dolzarb muammolariga yechim topish, balki jahon ilm-faniga integratsiyalashish vazifasi ham turibdi.

Suhbatda, shuningdek, yerlarning sho‘rlanishi va seysmologiya kabi muammolarni ilmiy imkoniyatga aylantirish, xalqaro nufuzli jurnallarda maqolalar chop etish hamda biotexnologiyani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shahlo Turdiqulova yangi laboratoriyalarda grippga qarshi vaksina va onkologik kasalliklarga qarshi bioterapevtik preparatlar ishlab chiqish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berdi. Xususan, ko‘krak bezi va oshqozon saratoniga qarshi bioterapevtik preparatlar yaratish rejalashtirilmoqda.

To‘liq intervyuda O‘zbekiston ilm-fanining bugungi imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik va kelajakdagi ilmiy rejalar haqida bilib olasiz.
Yangiliklar lentasi
0