Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Putin: YeOII bo‘yicha hamkorlar bilan moliyaviy razvedka hamkorligini chuqurlashtirish muhim

© Sputnik / Yuriy Kochetkov / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin
Prezident Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbari profilaktika va moliyaviy savodxonlikni oshirish bilan faolroq shug‘ullanishga ham chaqirdi.
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. BRIKS, ShHT, MDH, KXShT va YeOII bo‘yicha hamkorlar bilan moliyaviy razvedka bo‘yicha xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish muhim yo‘nalish hisoblanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rosfinmonitoringning 25-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda ma’lum qildi.
“Yana bir muhim yo‘nalish – xalqaro hamkorlikni, eng avvalo, BRIKS, ShHT, MDH, KXShT va Yevroosiyo guruhi mamlakatlari bilan chuqurlashtirish. Doimiy ravishda tezkor axborot, tajriba va amaliy ishlanmalar almashish har bir hamkor davlatning iqtisodiy suvereniteti va xavfsizligini mustahkamlashning muhim omilidir”, - dedi Rossiya rahbari.
Putin, shuningdek, profilaktika va moliyaviy savodxonlikni oshirish bilan faolroq shug‘ullanishga chaqirdi. Xususan, moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro olimpiadalar o‘tkazish va o‘qitishning sodda va tushunarli usullaridan foydalanish.
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Vstrecha Daniyara Imanaliyeva i generalnogo sekretarya KOMESA Chileshe Mpundu Kapvepve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2026
O‘zbekiston va YeOII
COMECA, ECOWAS va yana ikki birlashma — YeOII Afrika bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi
Yangiliklar lentasi
0