https://oz.sputniknews.uz/20261105/zelenskyy-urush-tugash-istamaslik-61765152.html
Zelenskiy hokimiyatni yo‘qotishdan qo‘rqib, urush tugashini istamaydi — sobiq matbuot kotibi
Zelenskiy hokimiyatni yo‘qotishdan qo‘rqib, urush tugashini istamaydi — sobiq matbuot kotibi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel urush tugashi uning hokimiyatdan ketishi va korrupsiyaga oid ma’lumotlar oshkor bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini aytdi. U Ukrainadagi vaziyatni ham tanqid qildi.
2026-11-05T13:32+0500
2026-11-05T13:32+0500
2026-11-05T13:32+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vladimir zelenskiy
korrupsiya
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/0e/56900837_0:62:600:400_1920x0_80_0_0_668b06c54a599811f583d0a629674d6a.jpg
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Vladimir Zelenskiy urush tugashini istamaydi, chunki bu uning hokimiyatdan ketishi va atrofidagi korrupsiyaga oid ma’lumotlar fosh bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda uning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel Germaniyaning "Berliner Zeitung" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.Mendelning fikricha, urush tugagach, Ukrainada saylovlar o‘tkaziladi va Zelenskiy hokimiyatni saqlab qola olmaydi. Shuningdek, uning yaqin atrofidagi ehtimoliy korrupsiya ishlari yuzasidan yangi ma’lumotlar oshkor bo‘lishi mumkin.Avvalroq u ukrainalik bloger Denis Yelisevichga bergan intervyusida Zelenskiyni urushdan eng ko‘p manfaat ko‘rayotgan shaxs deb atagan edi. Mendel o‘z manbalariga tayanib, Zelenskiy mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan bir nechta kelishuvni rad etganini ham iddao qildi.Sobiq matbuot kotibi Ukraina iqtisodiyotida korrupsiyaning o‘rni haqida ham keskin fikr bildirdi.Mendel mamlakatda to‘laqonli ishlaydigan iqtisodiyot qolmaganini, hatto ayrim fuqarolarning majburiy safarbarlikdan qutulishi ham pora berish imkoniyatiga bog‘liq bo‘lib qolganini ta’kidladi.Mendel urush davom etsa, Ukraina kapitulyatsiyaga duch kelishi mumkinligini ham aytdi.Uning fikricha, mamlakat uchun yagona maqbul yo‘l — real shartlar asosida tinchlik kelishuviga erishish, iqtisodiyot va demokratik institutlarni tiklash.U Yevropaning Ukrainaga moliyaviy yordamini ham tanqid qildi. Mendelning fikricha, davlat institutlari izdan chiqqan, korrupsiya keng tarqalgan va aholi huquqlari buzilayotgan sharoitda qancha mablag‘ ajratilishining o‘zi muammolarni hal qilmaydi.Shuningdek, u Yevropa rahbarlarini Ukrainadagi korrupsiya, inson huquqlari buzilishi va aholi azob-uqubatlariga ko‘z yumayotganlikda aybladi.Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati va Bosh prokuraturasi Mendelga davlatga xiyonat hamda Rossiyaning harbiy harakatlarini oqlash moddalari bo‘yicha sirtdan gumon e’lon qildi.Xavfsizlik xizmati uni xorijiy OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari orqali Ukraina obro‘siga putur yetkazishda ayblamoqda. Mendel esa gumonlarni rad etib, buni Zelenskiy hokimiyatiga nisbatan bildirgan tanqidiy fikrlari bilan bog‘ladi.Ma’lumot uchun, Yuliya Mendel 2019–2021 yillarda Vladimir Zelenskiyning matbuot kotibi bo‘lib ishlagan.
https://oz.sputniknews.uz/20261012/peskov-zelenskiy-61113654.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/0e/56900837_34:0:567:400_1920x0_80_0_0_ec1bcd4138851cec56898f23dc260eb9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir zelenskiy, korrupsiya, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina
vladimir zelenskiy, korrupsiya, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina
Zelenskiy hokimiyatni yo‘qotishdan qo‘rqib, urush tugashini istamaydi — sobiq matbuot kotibi
Yuliya Mendel Zelenskiy urush tugagach hokimiyatni yo‘qotishi va korrupsiyaga oid ma’lumotlar oshkor bo‘lishidan qo‘rqishini ta’kidladi.
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Vladimir Zelenskiy urush tugashini istamaydi, chunki bu uning hokimiyatdan ketishi va atrofidagi korrupsiyaga oid ma’lumotlar fosh bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda uning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel Germaniyaning "Berliner Zeitung" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Mendelning fikricha, urush tugagach, Ukrainada saylovlar o‘tkaziladi va Zelenskiy hokimiyatni saqlab qola olmaydi. Shuningdek, uning yaqin atrofidagi ehtimoliy korrupsiya ishlari yuzasidan yangi ma’lumotlar oshkor bo‘lishi mumkin.
"Shuning uchun ham u urush tugashini istamaydi", — dedi Mendel.
Avvalroq u ukrainalik bloger Denis Yelisevichga bergan intervyusida Zelenskiyni urushdan eng ko‘p manfaat ko‘rayotgan shaxs deb atagan edi. Mendel o‘z manbalariga tayanib, Zelenskiy mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan bir nechta kelishuvni rad etganini ham iddao qildi.
Sobiq matbuot kotibi Ukraina iqtisodiyotida korrupsiyaning o‘rni haqida ham keskin fikr bildirdi.
"Korrupsiya Ukraina iqtisodiyotining asosiga aylangan, desam, mubolag‘a bo‘lmaydi", — dedi u.
Mendel mamlakatda to‘laqonli ishlaydigan iqtisodiyot qolmaganini, hatto ayrim fuqarolarning majburiy safarbarlikdan qutulishi ham pora berish imkoniyatiga bog‘liq bo‘lib qolganini ta’kidladi.
Mendel urush davom etsa, Ukraina kapitulyatsiyaga duch kelishi mumkinligini ham aytdi.
Uning fikricha, mamlakat uchun yagona maqbul yo‘l — real shartlar asosida tinchlik kelishuviga erishish, iqtisodiyot va demokratik institutlarni tiklash.
"Biz odamlarni yo‘qotapmiz. Davlat hududlarsiz yashashi mumkin, ammo odamlarsiz emas", — dedi u.
U Yevropaning Ukrainaga moliyaviy yordamini ham tanqid qildi. Mendelning fikricha, davlat institutlari izdan chiqqan, korrupsiya keng tarqalgan va aholi huquqlari buzilayotgan sharoitda qancha mablag‘ ajratilishining o‘zi muammolarni hal qilmaydi.
Shuningdek, u Yevropa rahbarlarini Ukrainadagi korrupsiya, inson huquqlari buzilishi va aholi azob-uqubatlariga ko‘z yumayotganlikda aybladi.
Mendelning ta’kidlashicha, G‘arbdagi ayrim siyosatchilar uchun Rossiyaga zarar yetkazish Ukrainani qutqarishdan muhimroq bo‘lib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati va Bosh prokuraturasi Mendelga davlatga xiyonat hamda Rossiyaning harbiy harakatlarini oqlash moddalari bo‘yicha sirtdan gumon e’lon qildi.
Xavfsizlik xizmati uni xorijiy OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari orqali Ukraina obro‘siga putur yetkazishda ayblamoqda. Mendel esa gumonlarni rad etib, buni Zelenskiy hokimiyatiga nisbatan bildirgan tanqidiy fikrlari bilan bog‘ladi.
Ma’lumot uchun, Yuliya Mendel 2019–2021 yillarda Vladimir Zelenskiyning matbuot kotibi bo‘lib ishlagan.