https://oz.sputniknews.uz/20261105/uzbek-genom-organilish-61772977.html
"Yevropaliklardan ham, xitoyliklardan ham farq qilamiz": o‘zbek genomi nega o‘rganilmoqda
"Yevropaliklardan ham, xitoyliklardan ham farq qilamiz": o‘zbek genomi nega o‘rganilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbeklar genomi yevropaliklar va xitoyliklarnikidan qanday farq qiladi? Genetik Alisher Abdullayev "O‘zbekistonning 1000 genomi" loyihasi, 30 ming chaqaloq tekshiruvi va qarindoshlar nikohining irsiy xavflari haqida so‘zlab berdi.
2026-11-05T18:22+0500
2026-11-05T18:22+0500
2026-11-05T18:35+0500
ilm-fan
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
video
olimlar
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/05/61772111_48:0:1852:1015_1920x0_80_0_0_66495531f375a3652ddb3a1c270c76b0.jpg
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbeklar genetik jihatdan yevropaliklardan ham, xitoyliklardan ham farq qiladi. Shu sababli O‘zbekiston aholisining genetik xususiyatlarini alohida o‘rganish zarur. Bu haqda Ilg‘or texnologiyalar markazi Molekulyar genetika laboratoriyasi mudiri Alisher Abdullayev ma’lum qildi.Olimning ta’kidlashicha, xalqaro genetik ma’lumotlar bazalaridagi tadqiqotlar asosan yevropaliklar genomiga tayanadi.Shu bois markazda "O‘zbekistonning 1000 genomi" loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida o‘zbek aholisiga xos genetik variantlarni aniqlash va ular asosida arzon DNK-chip yaratish rejalashtirilgan. Bu irsiy kasalliklar xavfini aniqlashga yordam berishi mumkin.Markazda o‘tkazilgan press-tur davomida ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida 30 ming chaqaloq 48 turdagi irsiy kasallik bo‘yicha tekshirilgan. Har ming nafardan birida og‘ir kasallik aniqlangan.Abdullayev yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar irsiy kasalliklar xavfini oshirishi mumkinligiga ham e’tibor qaratdi.Olimning tushuntirishicha, agar ota-ona bir xil retsessiv irsiy kasallikka sabab bo‘luvchi genetik variant tashuvchisi bo‘lsa, farzandning ushbu kasallik bilan tug‘ilish ehtimoli har bir homiladorlikda 25 foizni tashkil etadi. Ota-onaning o‘zida esa kasallik belgilari bo‘lmasligi mumkin.Markazda, shuningdek, O‘zbekistondagi ilk o‘zak hujayralar banki faoliyat yuritmoqda. Unda minus 196 daraja haroratda 1200 tadan ortiq biologik namuna saqlanmoqda.Batafsil Sputnik videosida tomosha qiling.
https://oz.sputniknews.uz/20260817/uzbek-gen-tadqiqot-59756101.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/05/61772111_273:0:1626:1015_1920x0_80_0_0_d7f5ca0c9880578926d551101359dde5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ilm-fan, o‘zbekiston fanlar akademiyasi , video, olimlar, o‘zbekiston
ilm-fan, o‘zbekiston fanlar akademiyasi , video, olimlar, o‘zbekiston
"Yevropaliklardan ham, xitoyliklardan ham farq qilamiz": o‘zbek genomi nega o‘rganilmoqda
18:22 05.11.2026 (yangilandi: 18:35 05.11.2026) Eksklyuziv
Bu irsiy kasalliklarni aniqlash va davolash usullarini takomillashtirishga yordam beradi.
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbeklar genetik jihatdan yevropaliklardan ham, xitoyliklardan ham farq qiladi. Shu sababli O‘zbekiston aholisining genetik xususiyatlarini alohida o‘rganish zarur. Bu haqda Ilg‘or texnologiyalar markazi Molekulyar genetika laboratoriyasi mudiri Alisher Abdullayev ma’lum qildi.
Olimning ta’kidlashicha, xalqaro genetik ma’lumotlar bazalaridagi tadqiqotlar asosan yevropaliklar genomiga tayanadi.
"Biz xitoyliklardan ham, yevropaliklardan ham, boshqa populyatsiya guruhlaridan ham farq qilamiz", — dedi Abdullayev.
Shu bois markazda "O‘zbekistonning 1000 genomi" loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida o‘zbek aholisiga xos genetik variantlarni aniqlash va ular asosida arzon DNK-chip yaratish rejalashtirilgan. Bu irsiy kasalliklar xavfini aniqlashga yordam berishi mumkin.
Markazda o‘tkazilgan press-tur davomida ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida 30 ming chaqaloq 48 turdagi irsiy kasallik bo‘yicha tekshirilgan. Har ming nafardan birida og‘ir kasallik aniqlangan.
Abdullayev yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar irsiy kasalliklar xavfini oshirishi mumkinligiga ham e’tibor qaratdi.
"Respublikada yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar muammosi mavjud. Ayrim hududlarda bunday nikohlar ulushi juda yuqori", — dedi u.
Olimning tushuntirishicha, agar ota-ona bir xil retsessiv irsiy kasallikka sabab bo‘luvchi genetik variant tashuvchisi bo‘lsa, farzandning ushbu kasallik bilan tug‘ilish ehtimoli har bir homiladorlikda 25 foizni tashkil etadi. Ota-onaning o‘zida esa kasallik belgilari bo‘lmasligi mumkin.
Markazda, shuningdek, O‘zbekistondagi ilk o‘zak hujayralar banki faoliyat yuritmoqda. Unda minus 196 daraja haroratda 1200 tadan ortiq biologik namuna saqlanmoqda.
Batafsil
Sputnik videosida tomosha qiling.